Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kaedrasi "iqtisodiyot nazariyasi"



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/231
Sana16.01.2022
Hajmi2,19 Mb.
#372505
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   231
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi

 
2. Iqtisodiy o`sishning omillari
 
3. Milliy boylik tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi
 
 
4-§. Iqtisodiy o`sishning mazmuni, turlari va ko`rsatkichlari 
    Mamlakatlarning  iqtisodiy  rivojlanishi  ko`p  omilli  va  shu  bilan  birga  ziddiyatli  jarayon 
hisoblanadi. Iqtisodiy rivojlanish  hech qachon bir  tekis,  yuqorilab  boruvchi  chiziq  bo`yicha  ro`y 
bermaydi.
 
Iqtisodiy  rivojlanish  o`z  ichiga  yuksalish  va  inqiroz  davrlarini,  iqtisodiyotdagi  miqdor  va  sifat 
o`zgarishlarni, ijobiy va salbiy tamonlarni olib notekis boradi.
 
   Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy rivojlanish qiyin aniqlanadigan jarayon bo`lganligi sababli, uning 
mezonlaridan  biri  bo`lgan  iqtisodiy  o`sish  ko`proq  tahlil  qilinadi.  Iqtisodiy  o`sish  iqtisodiy 
rivojlanishning tarkibiy qismi bo`lib, o`z ifodasini real yamm (yaim) hajmining va uning aholi jon 
boshiga ko`payishida topadi.
 
Iqtisodiy  o`sishga  tarixiy  jihatdan  yondashilganda,  u  bir  xil  suratlarda  va  bir  tekis  bormaydi. 
Tarixda  iqtisodiy  o`sish  suratlarining  jadallashish,  jiddiy  pasayish  va  hatto  cheklanish  davrlari 
ma'lum.  Agar  katta  tarixiy  bosqichlar  olib  qaraladigan  bo`lsa,  jahon  va  milliy  iqtisodiyotda, 
barqaror iqtisodiy o`sish, ishlab  chiqarishning har  tomonlama  taraqqiyot  manzarasi  hosil  bo`ladi. 
Shu  bilan  birga  iqtisodiy  o`sish  nafaqat  miqdor,  balki  muayyan  sifat  o`zgarishlari  shaklida  ham 
namoyon  bo`ladi. Prezidentimiz i.karimov ta'kidlab  o`tganlaridek:  «iqtisodiy rivojlanish  sur'atlari 
haqida  gapirganda...  Uning  mezonlariga  va  eng  avvalo,  sifat  ko`rsatkichlariga  ko`proq  e'tibor 
qaratish  muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday o`sishlar iqtisodiyotimizda  yuz berayotgan tarkibiy 
o`zgarishlar,  uning  izchil  va  barqaror  rivoji  uchun  xizmat  qilishi,  xalqimizning  hayot  darajasini 
yuksaltirishga,  bir  so`z  bilan  aytganda,  Seminar  hayotimizni  yaxshilashga  olib  kelishi  lozim»1. 
Shunday  ekan  iqtisodiy  o`sish  bevosita  yalpi  milliy  mahsulot  miqdorining  mutloq  va  aholi  jon 
boshiga  hamda  iqtisodiy  resurs  xarajatlari  birligi  hisobiga  ko`payishi  hamda  sifatining 
yaxshilanishida va tarkibining takomillashuvida ifodalanadi.
 


106 
 
Mahsulotning  o`sish  sur'ati  bilan  ishlab  chiqarish  omillari  miqdorining  o`zgarishi  o`rtasidagi 
nisbat iqtisodiy o`sishning ekstensiv yoki intensiv turlarini belgilab beradi.
 
Ekstensiv iqtisodiy o`sishga ishlab chiqarishning avvvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda 
ishlab  chiqarish  omillari  miqdorining  ko`payishi  tufayli  erishiladi.  Aytaylik,  mahsulot  ishlab 
chiqarishni  ikki  hissa  ko`paytirish  uchun  mavjud  korxona  bilan  bir  qatorda  o`rnatilgan 
uskunalarning  quvvati,  miqdori  va  sifati  ishchi  kuchining  soni  va  malaka  tarkibi  bo`yicha  xuddi 
o`shanday  yana  bir  korxona  quriladi.  Ekstensiv  rivojlanishda,  agar  u  sof  holda  amalga  oshirilsa, 
ishlab chiqarish samaradorligi o`zgarmay qoladi.
 
Iqtisodiy o`sishning intensiv turi sharoitida mahsulot chiqarish miqyoslarini kengaytirishga ishlab 
chiqarish  omillarini  sifat  jihatidan  takomillashtirish:  yanada  progressivroq  ishlab  chiqarish 
vositalarini  va  yangi  texnikani  qo`llash,  ishchi  kuchi  malakasini  oshirish,  shuningdek  mavjud 
ishlab  chiqarish  potentsialidan  yaxshiroq  foydalanish  yo`li  bilan  erishiladi.  Intensiv  yo`l  ishlab 
chiqarishga jalb etilgan resurslarning har bir birligidan olinadigan samaraning, pirovard mahsulot 
miqdorining  o`sishida,  mahsulot  sifatining  oshishida  o`z ifodasini topadi.  Bunda  mahsulot ishlab 
chiqarishni ikki hissa  oshirish uchun  mavjud korxonaga teng  bo`lgan yana bir korxona qurishga 
hojat  yo`q.  Bu  natijaga  ishlab  turgan  korxonani  rekonstruktsiya  qilish  va  texnika  bilan  qayta 
qurollantirish, mavjud resurslardan yaxshiroq foydalanish hisobiga erishish mumkin.
 
Real  hayotda  ekstensiv  va  intensiv  omillar  sof  holda,  alohida-alohida  mavjud  bo`lmaydi,  balki 
muayyan  uyg`unlikda,  bir-biri  bilan  qo`shilgan  tarzda  bo`ladi.  Shu  sababli  ustivor  ekstensiv  va 
ustivor intensiv iqtisodiy o`sish turlari tahlil qilinadi.
 
Iqtisodiy  o`sish  murakkab  va  ko`p  qirrali  jarayondir.  Shu  sababli  uni  baholash  uchun  qandaydir 
bitta ko`rsatkich kifoya qilmaydi,  muayyan ko`rsatkichlar tizimi talab  qilinadi.  Bu ko`rsatkichlar 
tizimida jismoniy va qiymat ifodasidagi ko`rsatkichlar farqlanadi.
 
Iqtisodiy  o`sishning  jismoniy  ko`rsatkichlari  ancha  aniq  natija  beradi,  (chunki  ular  inflyatsiya 
ta'siriga berilmaydi), lekin unversal emas (iqtisodiy o`sish sur'atlarini hisoblashda har xil ne'matlar 
ishlab chiqarishni umumiy ko`rsatkichga keltirish qiyin). Qiymat ko`rsatkichlar keng qo`llaniladi, 
ammo  har  doim  ham  uni  inflyatsiyadan  to`liq  «tozalash»  mumkin  bo`lavermaydi.  Shu  sababli 
iqtisodiy o`sish sur'atlari qiyosiy yoki doimiy narxlarda hisoblanadi.

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish