IЫM =
истеъмол
даромад x 100 va JЫM =
жамгарма
даромад x 100
Jadvalda keltirilgan har bir daromad darajasi bo`yicha IO`M va JO`Mni hisoblab ko`ramizki
daromad ko`payib borishi bilan IO`M tushadi, JO`M esa o`sadi. Haqiqatda soliqlar to`langandan
keyin qolgan daromad yoxud iste'mol qilinadi va yoxud jamg`armaga ketadi. Shu sababli
daromadning iste'mol qilinadigan va jamg`armaga ketadigan qismlari daromad har qanday
darajasining butun miqdorini qamrab oladi. qisqasi IO`MQJO`Mq1,0 yoki 100% bo`ladi.
Daromad o`simining iste'mol qilinadigan qismi yoki hissasi iste'molga qo`shilgan moyillik
deyiladi (IqM), yoki
IKM =
истеъмолдаги ґзгариш
даромаддаги ґзгариш .
Daromad har qanday o`sishning jamg`armaga ketadigan hissasi, jamg`armaga qo`shilgan
moyillik deyiladi (JqM), ya'ni JqM q jamg`armadagi o`zgarishG`daromaddagi o`zgarish.
Masalan, agar 1500 mlrd. so`m ni tashkil qiluvchi soliqlar to`langandan keyingi daromad
300 mlrd. so`mga ko`payib 1800 mlrd. so`mga etsa (7-qator) daromadning shu o`sgan qismining
2G`3 qismi iste'mol qilinadi va 1G`3 qismi jamg`armaga ketadi. Boshqacha aytganda, IqM - 0,666
ni, JqM esa 0,333 ni tashkil qiladi. Daromaddagi har qanday o`zgarish uchun IqM va JqM
yig`indisi har doim I ga teng bo`lishi zarur yoki IqM Q JqM q I. Bizning misolda 0,666Q0,333q
I,0
Shaxsiy daromaddan tashqari iste'mol va jamg`arma o`rtasidagi o`zaro bog`liqlikka ta'sir
ko`rsatuvchi boshqa bir qator omillar ham mavjud bo`ladi. Bu omillarning asosiylari quyidagilar:
- uy xo`jaliklari jamg`argan boylik darajasi;
- narxlar darajasi;
- narxlar, daromadlar va tovarlar taklifi o`zgarishining kutilishi;
- iste'molchi qarzlari;
- soliq stavkalari o`zgarishi.
2- Jamg`arishning mohiyati, omillari va samaradorligi
Jamg`arish iqtisodiyotdagi yalpi sarflarning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanib, investitsion
xarakterdagi tovarlarga talab darajasini belgilab beradi. Investitsiyalar jamg`arishning amalda
namoyon bo`lish shakli bo`lganligi sababli dastlab tahlilni jamg`arishning mohiyati, omillari va
samaradorligini nazariy jihatdan asoslash bilan boshlaymiz.
Jamg`arish deb, milliy daromadning bir qismi asosiy va aylanma kapitallarni, shuningdek,
ehtiyot zahiralarini ko`paytirish uchun sarflanishiga aytiladi.
Amalda jamg`arish kapital mablag`lar yoki investitsion sarflar shaklida yuzaga chiqib, u yangi
asosiy kapitalni hosil qilish, ishlab turganlarini kengaytirish, rekonstruktsiyalash va yangilashga
qilinadigan xarajatlarni ifodalaydi. ―Jamg`arish‖ va ―kapital mablag`‖ yoki ―investitsion sarflar‖
tushunchalari bir xil mazmunga ega emas. Bir tomondan, kapital mablag` yoki investitsiyalarning
chegaralari jamg`arish fondiga qaraganda kengroq, chunki renovatsiyaga (ya'ni eskirgan
ob'ektlarni batamom almashtirishga) sarflanadigan amortizatsiya fondining bir qismi ham ularning
manbai bo`lib xizmat qiladi. Ikkinchi tomondan, ―jamg`arish‖ tushunchasi investitsion sarflar
113
doirasidan chiqib ketadi, chunki u faqat asosiy kapitalning emas, balki aylanma kapitalning,
shuningdek, ehtiyot zahiralarining kengayishini ham anglatadi.
Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish maqsadidagi jamg`arish bir-biridan farqlanadi.
Jamg`arilgan mablag`larning moddiy ishlab chiqarish sohasining asosiy kapitallarini va aylanma
mablag`larini kengaytirishga ketadigan qismi ishlab chiqarish sohasidagi jamg`arish fondini hosil
qiladi. Ishlab chiqarish sohasidagi jamg`arish iqtisodiy o`sishning muhim omilidir.
Ijtimoiy madaniy sohadagi jamg`arish (noishlab chiqarish jamg`arishi) uy-joy fondini,
kasalxonalar, o`quv muassasalari, madaniyat, sog`liqni saqlash, sport muassasalari, ya'ni
nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlarini kengaytirish, rekonstruktsiyalash, yangilashga sarflanadi.
Noishlab chiqarish sohasini kengaytirish ham ishlab chiqarishni rivojlantirishning zarur shartidir.
Jamg`arish fondi, uning hajmi va tarkibi takror ishlab chiqarish sur'atlarini belgilab beradigan
hal qiluvchi omillardir. Jamg`arish normasi bevosita jamg`arish fondining butun milliy daromad
hajmiga nisbati bilan aniqlanadi: JN q (JFG`MD) x 100,
Bunda, JN-jamg`arish normasi, JF-jamg`arish fondi, MD-milliy daromad.
Jamg`arish normasining ham o`z chegarasi bo`lib, uni oshirish iqtisodiy jihatdan samarasiz
bo`lib chiqishi va salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, uning haddan tashqari ortishi
natijasida investitsion sarflar samaradorligi pasayib ketishi mumkin, chunki kapital mablag`lar
hajmi bilan qurilish tashkilotlarining quvvatlari, materiallar va uskunalar etkazib berish
imkoniyatlari,
infratuzilmaning
rivojlanishi
o`rtasida
nomutanosiblik
paydo
bo`ladi.
Mablag`larning sochilib ketishi, ob'ektlarni barpo etish muddatlarining cho`zilib ketish xavfi
oshadi, oqibatda ular qimmatlashadi, barpo etish jarayonidayoq ma'naviy jihatdan eskiradi,
tugallanmagan qurilishlar ko`payadi. Oqibatda iqtisodiy o`sish pasayib ketish tamoyiliga ega
bo`ladi.
Shunday qilib, jamg`arish fondi iqtisodiy o`sish sur'atlari va sifatiga faqat o`zining miqdori
bilangina hal qiluvchi ta'sir ko`rsatib qolmaydi. Fan-texnika revolyutsiyasi sharoitida ulardan
foydalanish samaradorligi birinchi o`ringa chiqadi.
Jamg`arish fondi milliy daromadning bir qismini tashkil etadi va shu sababli milliy daromad
hajmi ko`payishini belgilaydigan omillar, jamg`arish miqdorini ham belgilab beradi. Bu
omillardan asosiysi qo`llaniladigan resurslar massasi va ularning unumdorligidir. Jamg`arish
miqdori ishlab chiqarish jarayonida xom-ashyo, materiallar, energiyani tejab-tergab sarflashga
ham bog`liq. Mahsulot birligiga ularni sarflashni kamaytirish moddiy vositalarning o`sha
miqdorida mahsulotlarni ko`proq hajmda ishlab chiqarishga imkon beradi.
Jamg`arishning miqdori milliy daromaddagi jamg`arish va iste'mol fondlari o`rtasidagi nisbatga
ham bog`liq bo`ladi.
3-Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar.
Investitsiyalar sarflarning ikkinchi tarkibiy qismi hisoblanadi. Investitsiyalar darajasi jamiyat
milliy daromadi hajmiga sezilarli ta'sir ko`rsatadi; milliy iqtisodiyotdagi ko`plab mutanosibliklar
uning o`sish sur'atiga bog`liq bo`ladi. Investitsiyalar mamlakat miqyosida kengaytirilgan takror
ishlab chiqarish ob'ektlari qurish, stanok, uskuna va shu kabi uzoq muddatli foydalaniladigan
asosiy kapitallarni sotib olish, ishga tushirish bilan bog`liq sarflarni bildiradi.
Investitsiyalar – asosiy va aylanma kapitalni ko`paytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini
kengaytirishga pul shaklidagi qo`yilmadir. U pul mablag`lari, bank kreditlari, aktsiya va boshqa
qimmatli qog`ozlar ko`rinishida amalga oshiriladi.
Investitsiyalarni ro`yobga chiqarish bo`yicha Seminar harakatlar - investitsion faoliyat,
investitsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs - investor deyiladi.
Investitsiya faoliyati quyidagi manbalar hisobiga amalga oshirilishi mumkin:
- investorlarning o`z moliyaviy resurslari (foyda, amortizatsiya ajratmalari, pul jamg`armalari
va h.k.);
- qarz olingan moliyaviy mablag`lar (obligatsiya zayomlari, bank kreditlari);
- jalb qilingan moliyaviy mablag`lar (aktsiyalarni sotishdan olingan mablag`lar, jismoniy va
huquqiy shaxslarning pay va boshqa to`lovlari);
- byudjetdan investitsiyalarni moliyalashtirish.
114
2000 yilda O`zbekistonda investitsion qo`yilmalarning 26,4% korxonalarning o`z moliyaviy
mablag`lari hisobiga, 30,3% byudjet mablag`lari hisobiga amalga oshirilgan1.
Investitsiyalarning manbalaridan biri aholi keng qatlamlari (ishchilar, o`qituvchilar, vrachlar va
boshqalar) jamg`armasi hisoblanadi. Muammo shundan iboratki, jamg`arma xo`jalik yurituvchi bir
guruh tomonidan amalga oshiriladi, investitsiyalar esa shaxslar yoki xo`jalik yurituvchi
sub'ektlarning butunlay boshqa guruhi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. O`z-o`zidan aniqki,
investitsiyalar manbai bo`lib iqtisodiyotda faoliyat qiluvchi sanoat, qishloq xo`jalik va boshqa
korxonalar foydasi ham hisoblanadi. Bu erda ―jamg`aruvchi‖ va ―investor‖ bir-biriga to`g`ri
keladi.
O`zbekistonda kapital quyilmalarda nodavlat sektorining ulushi 1991 yildagi 24 %dan, 2000 yil
34,7% ga etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |