1-MAVZU. ISTE'MOL, JAMG`ARMA VA INVESTITSIYALAR
1. Iste'mol va jamg`armaning iqtisodiy mazmuni hamda ularning o`zaro bog`liqligi
2. Jamg`arishning mohiyati, omillari va samaradorligi
3. Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar
Asosiy tayanch tushunchalar
110
Iste'mol – jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlab chiqarish natijalaridan va
ishlab chiqarish omillari (ishchi kuchi)dan foydalanish jarayonini bildiradi.
Shaxsiy iste'mol – iste'molchilik xarakteridagi ne'matlar va xizmatlardan bevosita foydalanishni,
ya'ni ularning individual tarzda iste'mol qilinishini bildiradi.
Unumli iste'mol – ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchidan
foydalanishni anglatadi.
Iste'molchilik sarflari – aholi daromadlarining tirikchilik ne'matlari va xizmatlar uchun
ishlatiladigan qismi.
Jamg`arma – aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini
qondirish va foizli daromad olish maqsadida to`planib borilishi.
Iste'molga o`rtacha moyillik – shaxsiy daromadning iste'molga ketadigan ulushi.
Jamg`armaga o`rtacha moyillik – shaxsiy daromadning jamg`armaga ketadigan ulushi.
Iste'molga qo`shilgan moyillik – shaxsiy daromad o`sgan qismining iste'mol qilinadigan qismi
yoki ulushi.
Jamg`armaga qo`shilgan moyillik – shaxsiy daromad o`sgan qismining jamg`armaga ketadigan
hissasi.
Iqtisodiy jamg`arish – milliy daromadning bir qismidan asosiy va aylanma kapitallarni,
shuningdek, ehtiyot va zahiralarni ko`paytirish uchun foydalanish.
Jamg`arish normasi – jamg`arish fondining milliy daromadga nisbatining foizdagi ifodasi.
Kapital quyilmalar – asosiy kapitalni kengaytirish va uni takror ishlab chiqarishga qilinadigan
sarflar.
Investitsiyalar – ishlab chiqarishni va xizmat ko`rsatish sohalarini kengaytirishga, ya'ni asosiy
va aylanma kapitalga pul shaklidagi qo`yilmalar.
1- Iste'mol va jamg`armaning iqtisodiy mazmuni
hamda ularning o`zaro bog`liqligi
Milliy iqtisodiyotda yangidan vujudga keltirilgan qiymat, ya'ni milliy daromad iste'mol va
iqtisodiy jamg`arish maqsadlarida ishlatiladi. Iste'mol keng ma'noda jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini
qondirish jarayonida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanishni, uni iste'mol qilishini
bildiradi. Bunda unumli va shaxsiy iste'mol farqlanadi.
Unumli iste'mol bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo`lib, ishlab chiqarish vositalari
va inson ishchi kuchining iste'mol qilinishini, ya'ni ulardan foydalanish jarayonini anglatadi.
Shaxsiy iste'mol ishlab chiqarish sohasidan tashqarida ro`y berib, bunda iste'mol buyumlaridan
bevosita foydalaniladi yoki ular to`liq iste'mol qilinadi.
Iste'mol jarayonida turli xil moddiy va ma'naviy ne'matlardan foydalaniladi. Iste'mol
qilinadigan ne'mat turiga bog`liq ravishda moddiy ne'matlarni va xizmatlarni iste'mol qilish
ajratiladi.
Individual yoki jamoa bo`lib iste'mol qilish ham farqlanadi. Alohida oila yoki jamiyat
a'zolarining ixtiyorida bo`lgan moddiy ne'matlarni iste'mol qilish individual iste'molga jamiyat
a'zolarining guruhlari moddiy ne'mat va xizmatlardan foydalanishi jamoa bo`lib iste'mol qilishga
kiradi.
Iste'mol fondi mablag`laridan butun iqtisodiyot doirasida band bo`lgan xodimlarning moddiy
va madaniy ehtiyojlarini, shu jumladan boshqarish va mudofaa ehtiyojlarini qondirish uchun
foydalaniladi. U butun aholining shaxsiy iste'molini, aholiga ijtimoiy xizmat qiladigan
muassasalardagi, shuningdek, ilmiy muassasalar va boshqarishdagi moddiy sarflarni o`z ichiga
oladi.
Iste'mol fondining shaxsiy daromad shaklida xodimlar qo`liga kelib tushadigan qismi
iste'molchilik sarflari maqsadida ishlatiladi.
Iste'molchilik sarflari – bu aholi joriy daromadlarining tirikchilik ne'matlari va xizmatlar uchun
ishlatiladigan qismi.
Jamg`arma – bu aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi
ehtiyojlarini qondirish va foizli daromad olish maqsadlarida to`planib borilishi.
111
Uning hajmi uy xo`jaliklari daromadidan iste'molchilik sarflarini ayirib tashlash yo`li bilan
aniqlanadi.
Daromad fondida iste'molchilik sarflari ulushi qanchalik yuqori bo`lsa jamg`arma hajmi
shunchalik kam bo`ladi. Jamg`armaning o`sishi esa iqtisodiy ma'noda mablag`larning iste'mol
buyumlari xarid qilishdan investitsion tovarlarga yo`naltirilishini bildiradi.
Shu sababli daromadda iste'molchilik sarflari va jamg`arma nisbatining o`zgarishi bir qator,
ba'zan qarama-qarshi oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Birinchidan, daromadlarning qandaydir qismini jamg`armaga qo`yish oqibatida u tovarlarda
bo`lgan talabda o`z aksini topmaydi. Mahsulotning har qanday hajmini ishlab chiqarishdan
olingan daromad to`liq sarflangandagina jami talabni ta'minlash uchun etarli bo`ladi. Demak
jamg`arma daromadlar - xarajatlar oqimida nomutanosiblik bo`lishiga olib keladi.
Jamg`arma daromadlardan mablag`larni olib qo`yishni bildirib iste'molchilik sarflar barcha
ishlab chiqarilgan mahsulotni sotib olish uchun etarli bo`lmay qolishini bildiradi. Agar aholi o`z
daromadining qandaydir, qismini jamg`arsa, o`zining xususiy talabini vujudga k eltirmaydi.
Buning natijasi sotilmay qolgan tovarlarning ko`payishi, ishlab chiqarishning qisqarishi, ishsizlik
va daromadlarning pasayishi bo`lishi mumkin.
Boshqa tomondan jamg`arma talabning etishmasligiga olib kelmasligi ham mumkin, chunki
jamg`arilgan mablag`lar tadbirkorlar tomonidan investitsion maqsadlarda ishlatiladi. Bu
iste'molchilik sarflarining har qanday etishmasligini qoplaydi va jamg`arma keltirib chiqaradigan
iste'moldagi har qanday etishmaslikni to`ldiradi. Uchinchidan, korxonalar ham o`zining barcha
mahsulotini iste'molchilarga sotishni ko`zda tutmaydi, balki uning bir qismidan ishlab chiqarish
vositalari shaklida foydalanishi mumkin. Shunday qilib, agar tadbirkorlar aholining
jamg`armalariga teng miqdordagi mablag`larni investitsiyalarga qo`yishni ko`zda tutsa, ishlab
chiqarish darajasi doimiy bo`lib qoladi.
Iste'mol va jamg`arma darajasini aniqlab beruvchi asosiy omil milliy daromad hisoblanadi.
Lekin milliy daromad tarkibida to`g`ri soliqlar ham mavjud bo`ladi. Shu sababli soliqlar
to`langandan keyin aholi qo`lida qoladigan daromad iste'molchilik sarflari va shaxsiy jamg`arma
yig`indisiga teng bo`ladi. Iste'mol va shaxsiy jamg`armaning darajasi bevosita soliqlar
to`langandan keyingi qolgan daromad bilan aniqlanadi. Demak bu daromad iste'molning ham,
jamg`armaning ham umumiy omili hisoblanadi. Chunki jamg`arma daromadning iste'mol
qilinmaydigan qismi hisoblansa, soliqlar to`langandan keyingi daromad shaxsiy jamg`armani
aniqlab beradigan asosiy omil bo`lib chiqadi. Har yilgi haqiqiy iste'mol miqdori va soliqlar
to`langandan keyingi daromad o`rtasidagi farq shu yildagi jamg`arma miqdorini aniqlaydi.
qarab chiqilgan omil ta'sirida iste'mol va jamg`arma darajasining o`zgarishini quyidagi jadvalda
tushuntiramiz. Tahlil uchun shartli ma'lumotlardan foydalanamiz.
Iste'mol
va
jamg`arma
darajasi,
mlrd.,
so`m
(shartli ma'lumotlar)
Yillar
Daromad
darajasi (D)
Iste'mol (I) Jamg`arma
(J)
IO`M
JO`M
I=M
J=M
1990
1500
1300
200
0,87
0,13
-
-
1995
1800
1500
300
0,83
0,17
0,67
0,33
2000
2200
1700
500
0,77
0,23
0,50
0,50
1
2
3 (1-2)
4 (2:1) 5(3:1) 6(2:1)
7 (3:1)
112
11-jadval ma'lumotlaridan xulosa chiqarib aytish mumkinki, birinchidan, aholi daromadining
asosiy qismi iste'molga sarflanadi, qolgan qismi jamg`armaga ajratiladi. Ikkinchidan, iste'mol
ham, jamg`arish ham daromadlar darajasiga bevosita bog`liq bo`ladi.
Aholi daromadining iste'molga ketadigan ulushi iste'molga o`rtacha moyillik deyiladi (IO`M).
Aholi daromadining jamg`armaga ketadigan ulushi esa jamg`armaga o`rtacha moyillik (JO`M)
deyiladi. Ya'ni:
Do'stlaringiz bilan baham: |