Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kaedrasi "iqtisodiyot nazariyasi"



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/231
Sana16.01.2022
Hajmi2,19 Mb.
#372505
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   231
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi

 
Mehnat unumdorligining o`sishi;
 
Ishlab chiqarish samaradorligining ortishi;
 
Milliy daromadda jamg`arish normasining ortishi.
 
Moddiy  buyumlashgan  boylik  ishlab  chiqarishning  natijasi  va  shart-sharoiti  hisoblanadi.  Buning 
ma'nosi  shuki,  bir  tomondan  mahsulotdan  milliy  boylik  tomon  harakatda  boylikning  ist e'mol 
qilingan  qismining  qoplanishi  va  uning  ko`payishi  ro`y  beradi.  Boshqa  tomondan  milliy  boylik 
ishlab  chiqarishning  moddiy  shart-sharoiti,  uning  moddiy  texnikaviy  asosi  hisoblanadi.  Bunda 
ishlab  chiqarishning  o`sish  sur'ati  va  miqyosi  milliy  boylikdan  foydalanish  xarakteriga  bog`liq 
bo`ladi.
 
Moddiy buyumlashgan  boylikni  oddiy  va kengaytirilgan  takror  ishlab  chiqarish  farqlansa-da,  har 
ikkalasi ham yalpi milliy mahsulot hisobiga amalga oshiriladi.
 
Milliy  boylikning  boshqa  qismi  tabiiy  boyliklar  ishlab  chiqarishning  shart-sharoitini  va  inson 
faoliyatining  tashqi  muhitini  tashkil  qiladi.  Tabiiy  boylikning  vujudga  kelishi  insoniyat  jamiyat 
rivojiga bog`liq emas, u tabiat qonunlari asosida ro`y beradi. Foydali qazilma boyliklar, o`rmonlar, 
suv va er resurslari xuddi shunday vujudga kelib ishlab chiqarishdan tashqarida turadi.
 
Tabiat  in'omlari  o`zlarining  dastlabki  ko`rinishida  tabiiy  boylik  bo`lib,  shu  holatida  inson 
faoliyatining natijasi hisoblangan ijtimoiy boylik tarkibiga kirmaydi. Buning ma'nosi shuki, tabiiy 
boyliklar  jamiyat  uchun  faqatgina  potentsial  boylik  hisoblanadi.  Ular  real  boylikka  inson 
mehnatining ta'siri oqibatida aylanadi.
 
Milliy  boylik  nafaqat  moddiy  ishlab  chiqarish  sohalarida  yaratiladi.  Uning  bir  qismi  nomoddiy 
ishlab  chiqarish  sohalarida  vujudga  keltiriladi  va  jamiyatning  nomoddiy  boyligi  hisoblanadi. 
Nomoddiy  sohalarda  ashyoviy-buyum  shakl  bilan  bog`liq  bo`lmagan  alohida  turdagi  iste'mol 
qiymatlar  hosil  qilinadi.  Ular  ham  moddiy  ishlab  chiqarish  sohalarining  faoliyat  qilishi  va 
rivojlanishi uchun  shuningdek  bevosita aholining turmush  darajasini ta'minlash va  oshirib  borish 
uchun  zarur  bo`ladi.  Bunday  boyliklarga  ta'lim,  sog`likni  saqlash,  fan,  madaniyat,  san'at,  sport 
sohalarida  vujudga  keltiriladigan  nomoddiy  qimmatliklar  kiradi.  Uning  tarkibida  tarixiy 
yodgorliklar, arxitektura obidalari, noyob adabiyot va san'at asarlari alohida o`rin tutadi.
 


109 
 
Jamiyatning  nomoddiy  boyliklarida  madaniyat  va  san'atning  rivojlanish  darajasi,  jamiyat 
a'zolarining  to`plagan  ilmiy  bilimlari  va  intellektual  darajasi,  ishlovchilarning  ixtisosligi  va 
malakaviy  bilim  darajasi,  sog`liqni  saqlash,  ta'lim  va  sportning  rivojlanish  darajasi  o`z  ifodasini 
topadi.
 
Moddiy  buyumlashgan  boylikning  o`sishi  jamiyat  moddiy  qimmatliklari  ko`payishining  asosi 
hisoblanadi.  Agar  fan-texnika  taraqqiyoti  yuqori  sur'atlar  bilan  rivojlansa  madaniyat,  san'at,  fan 
kabi nomoddiy sohalar ham o`sib va takomillashib boradi.
 
Shunday qilib, milliy boylik moddiy buyumlashgan va tabiiy boyliklardan ancha k eng tushuncha 
bo`lib, o`z tarkibiga jamiyatning nomoddiy xarakterdagi qimmatliklarini ham oladi.
 
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar: 
1.
 
Makpoiqtisodiy ko`pcatkichlap nimalar va ular milliy iqtisodiyotda qanday rol o`ynaydi? 
2.
 
YaMM va SMM bip-bipidan nima bilan farqlanadi? SMM va  milliy dapomad-chi? 
3.
 
YaMM harakat shakllari tavsifini bering. 
4.
 
YaMM qanday usullarda hisoblanadi? Ularning farqi nimadan iborat. 
5.
 
Nominal va real YaMM tushunchalarini izohlang. Ularning farqini ko`rsating. 
6.
 
Yalpi talab va yalpi taklifni tahlil qilish nima uchun zarur? 
7.
 
Yalpi talab  nima? Nima uchun talab  egri chizig`i  o`zgaradi? Yalpi talabga qanday  omillar 
ta'sir ko`rsatadi? 
8.
 
Yalpi  taklif  nima?  Yalpi  taklif  egri  chizig`idan  uchta  kesmani  tasvirlang  va  ular  nimani 
ko`rsatishini tushuntiring? Yalpi taklifga qanday omillar ta'sir ko`rsatadi? 
 

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish