114
Suv bosgan hududlarda qutqaruv ishlarini olib borishda asosiy e‟tibor suv ostida qolgan
hududlardagi odamlarni qidirib topishga, ularni suvda suzish vositalariga yoki vertolyotga olish
va xavfsiz joylarga olib chiqishga qaratiladi.
1998 yil yozida SHoximardonda bo„lib o„tgan halokat to„g„risida to„xtalib o„tamiz.
Havo
haroratining birdaniga ko„tarilib ketishi natijasida Qirg„iziston Respublikasining O„sh viloyati
tog„laridagi qorlarning erishi tezlashib ketdi. Buning oqibatida yilning 7 iyulidan 8 iyuliga o„tar
kechasi katga suv paydo bo„ldi. Bu oqim SHoximardonsoyga qo„shilib sig„imini 200 m
3
/s ga
ko„paytirib yubordi va kuchli suv bosishi natijasida 52 xo„jalik, 36 dam olish maskanlari, shu
jumladan 4 bolalarni sog„lomlashtirish maskanlari jiddiy zarar ko„rdi. 8-9 iyul kunlari odamlarni
SHohimardon qishlog„idan ko„chirish ishlari olib borildi. Bu muddat davomida 14200 kishi, shu
jumladan 3150 nafar yosh bolalar xavfsiz joyga ko„chirilgan. Ushbu ishlarni bajarish uchun 250 dan
ortiq avtomobil texnikalari jalb qilindi. 1998 yilning 18 iyuligacha 104 nafar odamning jasadlari
topildi, 68 ta har xil hayvonlarning tanalari topilib, ular belgilangan tartibda ko„mib tashlangan.
Kuchli sel oqimi natijasida 15 km gaz o„tgazgich quvirlari, 14 km. avtoyo„l, 4 ta yirik
avtomobil ko„prigi, 3 km suv o„tkazish tizimlari, 3 km elektr uzatish tarmoqlari yaroqsiz holatga
kelgan, 200 dan ziyod mayda savdo nuqtalari butunlay vayron bo„lgan.
Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish bo„yicha SHohimardon va Vodil qishlokdarida
favqulodda vaziyatlar shtabi tashkil qilingan.
Avariya-qutqaruv ishlariga 1908 kishi va 438 dona texnika, shu jumladan 156 dona
muhandislik texnikalari jalb qilingan. Ishni tashkil qilish uchun 320 tonna benzin, 513 tonna dizel
yoqilg„isi sarf qilingan.
Bunday halokat yuz berganda eng birinchi navbatda muhandislik texnikalari ishga
solinishi kerak. CHunki birinchi vazifa odamlarni xavfsiz joylarga zudlik bilan ko„chirish,
jabrlanganlarga moddiy va tibbiy yordam ko„rsatib, oziq-ovqat, kiyim-kechak bilan ta‟minlash
ishlarini olib borshidan iborat.
Razvedka ishlarining samarali olib borilishi, fuqaro muhofazasi organlari xodimlari
favqulodda vaziyatlar sodir bo„ishi mumkin bo„lgan hududlarni tezlik bilan aniqlash,
bashoratlari va oqibatlarni oldini olishlari zarur.
Suv bosgan hududga etib kelgan FVDT tuzilmalari shu zahotiyoq o„z vazifalarini bajarishga
kirishadilar. Vaziyat haqidagi muhim ahamiyatga ega bo„lmagan ma‟lumotlarning mavjudmasligi
yoki ba‟zi bir ikkinchi darajali masalalarning hal qilinmaganligi avariya-qutqaruv va boshqa
kechiktirib bo„lmaydigan ishlarni boshlamaslikka sabab bo„la olmaydi.
Sel oqimi bilan asosan oldindan olib borilgan kompleks tashkiliy-xo„jalik, agrotexnik, meliorativ
va gidrotexnik tadbirlarni amalga oshirish yordamida kurashish ko„proq samara beradi. Sel kelishi
xavfi bor hududlarda yashovchi aholi erlardan foydalanshda, o„rmon daraxtlarini kesishda, uy
hayvonlarini boqishda mutasaddi tashkilotlarning tavsiyalariga rioya qilishlari zarurdir.
Sel kelishi va er ko„chkisi xavfi sodir bo„lganda, aholi xavfli hududlardan xavfsiz joyga
evakuatsiya qilinadi. Aholi bilan birgalikda moddiy boyliklar ham olib chiqiladi, qishloq
xo„jalik mollari esa xavfsiz joyga ko„chiriladi.
YOng„in.
YOng„in, bu-kuchli issiqlik natijasida moddiy va madaniy boyliklarni bir necha daqiqada
yo„q qiluvchi, atrof-muhitni izdan chiqaruvchi favqulodda vaziyatdir.
YOng„in uch omil
havo harorati (issiqlik),
yonuvchi modda (jism) va
uchqun-alanganing
bir paytning o„zida yuz berishi oqibatida paydo bo„ladi. Mutaxassislarning fikricha, tabiiy holatda
ya‟ni chaqmoq, vulqon otilishi, sekin oksidlanish kabi yuz bergan yong„inlar e‟tiborga olinmagan
taqdirda boshqa chiqqan yong„inlarning asl sabablari quyidagi nisbatni tashkil etar ekan:
Do'stlaringiz bilan baham: