Geografik tarqalishi.
O'simlik, asosan, O'rta Osiyo (Jung'or Olatog'i, Tyan-
Shan, Pomir-Oloy)da tarqalgan. U tog' etaklaridan tog'larning o'rta qismigacha
bo'lgan shag'alli-toshli qoyalarda, daryolar qirg'oqlarida, qisman ekilmay qolgan
va boshqa yer-larda o'sadi. O'zbekistonda Toshkent, Farg'ona, Andijon, Samar-
qand, Buxoro va Surxondaryo viloyatlarida uchraydi.
Mahsulot tayyorlash.
O'simlik gullagan vaqtida gul to'plamlari qirqib olinadi
va soya yerda quritiladi.
Mahsulotning
tashqi
ko'rinishi.
Tayyor
mahsulot
qalqonsimon
gulto'plamining ayrim bo'laklari va 1 sm dan uzun bo'lmagan bandli savatchalardan
tashkil topgan. Savatchalar mayda (diametri 3-5 mm), ko'p gulli (hamma gullari
sariq, naychasimon), yarim shar ko'rinishida. Naychasimon o'rama bargi uch qator.
Mahsulot hidi o'ziga xos, mazasi — xushbo'y, achchiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |