O'simlikning nomi.
Zarafshon archasi —
Juniperus zeravs-
chanica
Kom.;
sarvidoshlar
— Cupressaceae oilasiga kiradi.
Zarafshon archasi (qizil archa) ikki uyli, shox-shabbasi qalin, oval yoki
konussimon, bo'yi 20 m gacha bo'lgan qizg'ish po'stloqli daraxt yoki ba'zan
buta. Shoxlari yo'g'on, uchidagilari yashil-ko'kimtir, ingichka (yo'g'onligi
1-1,5 mm). Barglari tangachasimon, cho'ziq-tuxumsimon, o'tkir uchli. Erkak
gullari (changchi boshoqchalar) kengtangachali, sporangiyalari 3-6ta, erkin
holda; urg'ochi qubbalari o'zaro birlashgan, mevalari yeti-lish oldida shishib
qalinlashadigan 3—9ta tangachadan tashkil topgan. Mevasi — sharsimon,
qisqa bandli, xomligida yashil, pishganida to'q qo'ng'ir rangli, qattiq, 2-3
(ba'zan 4) urug'li g'udda meva.
Aprel-iyun oylarida gullaydi, mevasi kelgusi yili oktabr-dekabr oylarida
pishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |