15
tomonidan kashf qilinishi tibbiyotni bir qancha yangi dorivor o‗simliklar, jumladan xin
daraxtining po‗stlog‗i, kauchuk, kakao, chilim tamaki, qoqa va boshqalar bilan boyitdi;
tropik Afrika davlatlaridan Ovrupa tibbiyot amaliyotiga kola yoig‗og‗i, strofant urug‗i,
fizostigma mevasi, Avstraliyadan evkalipt barglari olib kelib qo‗shildi. Natijada arab
tibbiyoti dorivor vositalar assortimenti Grek tibbiyotiga ma‘lum bo‗lgan dorilardai
tashqari Eron, Misr, Hindistonda ishlatiladigan hamda keyinchalik arablar yangidan bosib
olib ishg‗ol qilgan davlatlar (SHimoliy Afrika davlatlari, Ispaniya va boshqalar) dorivor
o‗simliklari hisobiga boyidi. So‗ngra, arablar hozirgi O‗rta Osiyo va Qozog‗iston
territoriyasida qadimdan joylashgan davlatlarni bosib olgandan so‗ng bu dorivor
vositalar xazinasi shu xalqlarga ham xizmat qila boshladi.
SHunday qilib, uzoq davrlar davomida insonlar kasalliklarini davolash uchun
o‗simliklarni tanlab olish masalasiga tayangan tajribalar asosida va ongli ravishda
yondoshish hamda ota-bobolarimizning boy tajribalarini avaylab saqlash va ularni
avloddan-avlodga etkazib berish natijasida hozirgi O‗rta Osiyo territoriyasida o‗zining
an‘analariga va dorilar vositasiga, jumladan dorivor o‗simliklariga ega bo‗lgan xalq
tabobati vujudga keldi. Bu tabobat uzoq asrlar davomida, ehtimol boshlanish davrida
grek tibbiyoti, keyinchalik arab an‘anaviy tibbiyoti ta‘sirida taraqqiy etgan. SHuning
uchun ham u o‗z amaliyotida kasallarni davolashda mahalliy dorivor o‗simliklar bilan
bir qatorda ko‗p miqdorda xindlar,arablar va boshqa chet xalqlarning dorivor
vositalaridan foydalangan.
?ozirgi kunda an'anaviy tibbiyot (xal? tabobati) xal? zakovati bilan su?orilgan juda
boy va ulkan tajriba bilimlar majmuasidir. U ilmiy (rasmiy) tibbiyotni yangi,samarali
dorivor preparatlar bilan boyituvchi bitmas tuganmas manbadir. Xal? tabobatining bu
soxadagi ?immati, tutgan o‗rni beba?odir. Buning uchun misol tari?asida ?ozirgi zamon
tibbiyotida ?o‗llaniladigan shifobaxsh o‗simliklarni ko‗pchiligi o‗z va?tida xal? tabobati
dorivor vositalar xazinasidan olinganligini yoki xozirgi zamon ilmiy tibbiyotining o‗zi
xal? tabobati asosida tara??iy etganini eslash kifoyadir.
O‗zbekiston xalq tabobatida ishlatiladigan va Respublikada yovvoyi holda
o‗sadigan hamda o‗stiriladigan o‗simliklardan bir qanchasining farmakologik ta‘siri va
kimyoviy tarkibi chuqur o‗rganildi. Natijada ularning ayrimlari rasmiy tibbiyotda
dorivor vosita sifatida ishlatish uchun ruxsat etildi va ishlatilmoqda:(2-jadval)
2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: