Kimyoviy tarkibi. O‘simlikning hamma qismida (ildizida 0,15—0,17%, bargida 0,045—0,1%, poyasida 0,02% atrofida, urug‘ida 0,06–0,1%) alkaloidlar bo‘ladi. XI DF ga ko‘ra, barg tarkibida alkaloidlar miqdori 0,05% dan kam bo‘lmasligi kerak. O‘simlikning asosiy alkaloidlari —giossiamin, atropin va skopolamin.
Ishlatilishi. Mingdevona preparatlari belladonna preparatlari kabi og‘riq qoldirishda va turli spazmatik holatlarda ishlatiladi. Mingdevona moyini xloroform bilan aralashtirib (suyuq surtma holatida) revmatizm va nevralgiya kasalliklarida muskullar og‘riganda og‘rigan yerga surtiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |