GEN INJENERIYASI
Patogen bakteriya va viruslarni genetikasini o‘rganish immunoprofilaktika ishiga katta ahamiyatga ega. Ayniqsa gen (irsiy) yoki genlik injeneriya – yangi irsiy elementlar ishlab chiqishi bular orqali maxsus ma’lumotni kletkalarga o‘tkazish, avlodga berish va h.k. gen injeneriya asosida tashkil qilingan yangi genlik strukturasida DNKni yangi rekombinatlari yangi 2 takomponent. VEKTOR (tashuvchi) replikatsiyadagi hamma xususiyatlarni yangi rekombinat molekulasiga o‘tkazadi. Vektor sifatida plazmidalar, faglar, hayvonlar viruslari, xullas DNKning berk xalqasiga ega bo‘lgan elementlar kiradi. Ikkinchi begona DNKni hosil qiluvchi DNKni klonlashtiruvchi – bu DNK-fermenti bo‘lib, kerakli genlarni tashiydi, kerak moddalarni sintezlaydi va nazorat qiladi.
Gen injeneriya usuli bilan hozirgi vaqtda rekombinat molekalalar olingan bo‘lib, bular kerakli moddalarni, sintez qiluvchi genlarni tashiydi.
Yuqumli kasalliklarni oldini olish va davolash uchun vaksina va zardoblar juda ahamiyatli hisoblanadi. Vaksinalar – organizmga yuborilganida uni kasallikdan saqlab qoladigan preparatlar. Vaksinalar tayorlanishiga qarab 1) o‘ldirilgan mikroblardan olingan vaksinalar-mikrobga temperatura, ximiyaviy moddalar ta’sir etirilib mikrob hujayrayrasini emirish orqali antigen olinadi. Bularga qorin tifi, vabo, ko‘kyo‘tal kaaslliklari vaksinalari kiradi; 2) tirik, lekin zaiflashtirilgan virulentligi pasaytirilgan tirk mikroblardan tayyorlangan vaksinalar kiradi. Mikroblarni o‘sishi va ko‘payishi uchun nokulay sharoit, xayvonlarga qayta-qayta yuborish natijasida olinadi. Hozirgi vaqtda Sil (BSJ), brutsellyoz, tuleremiya, gripp, poliomielit profilaktikasi uchun ishlatiladigan vaksinalar shular jumlasidandir.
Nazorat savollari
Bakteriyalarning genetikasi, uni o‘rganishni fanni o‘rganishdagi ahamiyati.
Mikroorganizmlarning o‘zgaruvchanligi. O‘zgaruvchanlik tushunchasi.
Bakteriyalardagi o‘zgaruvchanlikni yuqumli kasalliklarni profilaktikasini ishlab chiqarishdagi ahamiyati.
Bakteriyalardagi irsiy almashinuvi.
Genetik rekombinatsiya.
Plazmidalar, ularning xossalari. Gen injeneriyasi
Adabiyotlar
Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T.,. Bakulina N.A., Kraeva E.L. Mikrobiologiya. T., “Meditsina” nashriyoti. 1979.
Vorobyov A.A., Bo`kov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vo`sshaya shkola». 2003.
Pyatkin N.D., Krivoshein Yu.S. Mikrobiologiya va immunologiya. M., izd-vo «Meditsina» 1980.
Sinyushina M.N., Samsonova M.N. Rukovodstvo k laboratorno`m zanyatiyam po mikrobiologii. M., 1981.
Timakov V.D., Livashev V.S., Borisov L.B. Mikrobiologiya. M., 1983.
Kochemasova Z.N., Efremova S.A., Nabokov Yu.S. Mikrobiologiya. M., izd-vo «Meditsina». 1984.
Churbanova I.N. Mikrobiologiya. M., idz-vo «Vo`sshaya shkola». 1987.
Do'stlaringiz bilan baham: |