Nazorat savollari.
1. Dori-darmonlar va dori vositalarining mikrob bilan zararlanish manbalari.
2. Dori-darmonlarning mikrob bilan zararlanishining oldini olish choralari.
3. Dori-darmonlarning zararlanishini mikrobiologik nazorat qilish usullari.
4. Sterillangan dorivor moddalarni ishlab chiqarishdagi asosiy talablar.
5. Pirogenlar, ularning dorivor moddalarga tushib qolish xavfi.
6. Dorivor moddalarning sterilligini aniqlashning metodlari.
Mavzu: Mikroorganizmlar ekologiyasi. Inson tana normal mikroflorasi.
Mashg’ulot maqsadi : Inson tana normal mikroflorasi tashqi muhit mikroflorasi xaqida tushuncha berish
Laboratornya shshshi bajarish uchun topshiriq
1. Quyidagi tajribalar natijasiga asosan havo, suv, tuproqning sanitar bakteriodogik holatini baholash;
a) havodagi mikroblar sonini sedimentasiya usulida aniqlash;
b) vodrprovod suvi va ochiq suv havzalaridagi suvning umumiy mikroblar sonnni aniqlash;
v) suvning koli -titri va koli-indeksini xisoblab topish:
g) tuproqning koli-titri va perfringens-titri, mikrob sonini xisoblab topish.
Mikroorganizmlarning ekologiyasi – mikroorganizmlarning o’zaro va tashqiy muhit bilan aloqalarini, munosabatlarini o’rganuvchi fan xisoblanadi. Tibbiyot mikrobiologiyasini o’rganish o’bekti bo’lib mikroorganizm bilan inson organizimi o’rtasidagi kompleks munosabatlar xisoblanadi.
Mikroorganizmlarning tabiatda tarqalganligi. Mikroorganizimlar tabiatdagi hamma (suv, havo, tuproq) muhitlard uchraydi. Ularning bunchalik keng tarqalishiga asosiy sabab ularning oziqlanish mexanizimlarining turli ko’rinishda bo’lishidir.
Mikroorganizimlar tabiatdagi tashqiy muhit omillariga tez moslashadi, shuning uchun boshqa organizimlar yashashi mumkin bo’lmagan sharoitlarda va muhitlarda ham ular hayot kechirishadi. Mikroorganizimlarning bunchalik tabiatda keng tarqalishiga yana bir sabab, ularning o’lchamini o’ta kichikligi va havo oqimlari suv bilan uzoq masofalarga tez tarqalishidir.
Mikroorganizmlar ma’lum yashash mintaqalarda biosenozni ( yunon. bios- hayot, + koinos- birga yashash) shakillantiradi. Har bir mikroblar biosenozi o’zining aniq mikroorganizimlar tarkibiga ega bo’lib, shu muhitning autoxton ( yunon. autos- o’ziniki + chthon- joy, mamlakat) mikroorganizimlari deb yuritiladi, ya’ni bu mikroorganizimlar shu yashash muhitida doim uchraydi. Bu mikroblarni yashash muhitiga boshqa alloxton ( yunon. allos - begona, + chthon- joy, mamlakat) bakteriyalar, parazit mikroorganizimlar tushib qolishi mumkin. Tabbiyi biosenozlarda (tuproq, suv, havo) mikroorganizimlarning yashashi tashqiy muhit faktorlarini ta’siriga bog’liq bo’lib, agar tashqiy faktorlar ularning yashashiga ijobiy ta’sir qilishi yoki faktorlarning ta’sirisalbiy tamonga o’zgarsa, bu biosenozdagi mikroblarning yashashi, ko’payishi to’xtab qolishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |