532
«Kelishildi»
Toshkent farmatsevtika instituti
O‗quv ishlari bo‗yicha
prorektor K.K.Ismailov
________________
«____» ________2018 yil
«Tasdiqlayman»
Toshkent farmatsevtika
institut rektori
prof. X.K.Djalilov
___________________
«____» _______2018 yil
DORI TURLARI TEXNOLOGIYASI KAFEDRASINING
TALABALARI UCHUN
MEHNATNI MUHOFAZA QILISH BO‗YICHA
___ sonli YO‗RIQNOMA
YO‗RIQNOMA
I.
Xavfsizlikka oid umumiy talablar.
1.1. Laboratoriya mashguloti davomida barcha talabalar belgilangan tartibiga rioya
qilishlari shart.
1.2. Talabalar laboratoriya mashguloti davomida chekish, spirtli ichimliklar ichish,
sanitariya va gigiena qoidalarini buzishi taqiqlanadi.
1.3. Laboratoriya mashguloti o‗tilayotgan xonada yong‗in havfsizligi qoidalariga qat‘iy
rioya qilish shart.
1.4. Laboratoriya mashguloti xonasida mavjud bulgan elektr tarmoqlaridan, elektr
uskunalaridan to‗g‗ri foydalanish zarur.
1.5. Laboratoriya mashgulotini boshlashdan oldin talabalar oq xalat va qalpoqda
bo‗lishlari shart.
1.6. Faqat topshirilgan laboratoriya ishni bajarish, xavfsiz ish usullarini o‗rganish va
takomillashtirib borishi lozim.
1.7. Yong‗in sodir bo‗lganda dastlabki o‗t o‗chirish vositalaridan foydalanish kerak
laboratoriya o‘qituvchi – professorga xabar berish lozim.
1.8. Institut hududida harakatlanganda, zinalar va oyoq toyishi mumkin bo‗lgan
joylarda hamda institut hovlisida avtomobillar harakatidan ehtiyot bo‗lish zarur.
1.9. Mehnatni muhofaza qilish bo‗yicha qoidalarni buzgan talabani ichki mehnat
tartiboti qoidalariga muvofiq intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin, agar bu
qoida buzilishi institutga moddiy zarar etkazsa laboratoriya mashguloti professor –
o‘qituvchisi moddiy
javobgarlikni o‗z zimmasiga oladi.
II.
Laboratoriya mashguloti davomida elektr toki, tabiiy gazdan va
reaktivlardan foydalanish choralari.
2.1. Xonalarda nosoz elektr uskunalaridan foydalanish mumkin emas.
533
2.2. Elektr qurilmalariga qo‗lbola uslubida vaqtinchalik moslamalarni ulash yoki
boshqa joyga tortish ishlarini amalga oshirmaslik.
2.3. Elektr uskunalaridan foydalanishdan oldin ularning sozligiga elektr tarmoq
rozetkalari yoki elektr yoqgich (vklyuchatel)yaxshi ishlayotganligiga ishonch hosil
qilsagina ulardan foydalanish.
2.4. Tabiiy gazdan foydalanishdan oldin gaz kuvirlarini tekshirish lozim.
2.5. Ishkor va kislotalar bilan ishlaganda extiyot choralarini kurish shart.
2.6. Kuchli kislotalarni, ayniqsa sulfat kislotani suyultirish vaqtida ehtiyot bo‗lish
kerak, kislotaga suv emas, suvga kislotani tomchilatib quyish kerak.
2.7. Hidli reaktivlarni, masalan ammiak eritmasi, Benzol, efir, sirka kislota, xlorid
kislota bilan ishlayotganda mo‗rili shkafdan foydalanish kerak;
2.8. Reaktivlar tayyorlashda ajralib chiqayotgan gazni yaqin hidlamaslik kerak;
2.9. Suyuqliklarni qizdirayotganda idish ustiga engashib qaramaslik kerak. Chunki
suyuqlik sachrab ketishi mumkin.
Ishlab chiqdi:
DTT kafedrasi mudiri, prof. _______ Yo.S.Kariyeva
(imzo)
―Kelishildi‖
Mehnat muhofazasi
bo‗yicha muhandis:
___________
SH.R.To‗ychiboev
―___‖_________ 2018 y.
―Kelishildi‖
Huquqshunos maslahatchi
________
G.Abduraxmonova
―___‖____________ 2018 y.
534
O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKЕNT FARMATSЕVTIKA INSTITUTI
DORI TURLARI TЕXNOLOGIYASI KAFЕDRASI
―TASDIQLAYMAN‖
Toshkеnt farmatsеvtika instituti
o‘quv ishlari bo‘yicha prorеktori
_____________________ T.A.Nabiеv
―______‖ _________________ 2018 Y.
TALABALAR BILIMINI NAZORAT QILISH VA BAHOLASHNING
RЕYTING MЕZONI
Do'stlaringiz bilan baham: