Laboratoriya mashg‘ulotini bajarish uchun retseptlar
1. Oling: Pepsindan 4,0
Xlorid kislotasidan 3ml
Tozalangan suvdan 200 ml
Aralashtiring.
Bering.Belgilang. 1 osh koshikdan ovkat vaktida
2. Oling: Belladonna ekstraktidan 0,1
Natriy salitsilatdan 0,3
Glitserindan 10,0
Yalpiz suvidan 90 ml
Aralashtiring.
Bering. Belgilang. 1 osh koshikdan kuniga 3 maxal
3.Oling: Jelatindan 3,0
Qand sharbatidan 20 ml
Tozalangan suvdan 100 ml
Aralashtiring.
Bering. Belgilang. 1 osh koshikdan xar 1 soatda.
4. Oling: Kraxmal eritmasidan 100 ml
Natriy bromiddan 2,0
Aralashtiring.
Bering. Belgilang. 2 ta klizma uchun
5. Oling: Kollargoldan 0,2
Tozalangan suvdan 10 ml
Aralashtiring.
Bering. Belgilang. 2 tomchidan burunga 3 maxal
6.Oling: Ixtioldan 2%-200 ml
Bering. Belgilang. Sirtga.
7.Oling: Ixtioldan 1,0
Glitserindan 3,0
Aralashtiring.
Bering. Belgilang. Oyo- terisiga surtish uchun
** Mustaqil tayyorlash uchun savollarning muxokamasini zamonaviy pedagogik
texnologiyalarning ―A-liy hujum‖ usulidan foydalanib o‗tkaziladi.
―A-liy hujum‖ usulida talabalarni mavzu bo‘yicha nazariy savollarga tayyorgarligi
tekshiriladi.
Buning uchun:
1. Talabaga savol beriladi.
Savollar metodik ko‘rsatmadagi savollardan beriladi va Mustaqil bajarish uchun retseptlardan
qo‘shimcha retsept pasporti va texnologiyasi so‘raladi?
2. Aniq javob bera olmasa, keyingi talabadan so‘raladi.
3. Barcha talabalarni jalb etish mumkin. Bunda talabani tez fikrlashga va aniq javob berishga
undaladi.
4. Lider aniqlanadi.
5. Har bir talaba alohida baholanadi.
Uslubiy ta‘minot va mashg‗ulot jihozlanishi: DF X; XI; dori moddalari, tarozi, tarozi
toshlari, o‘lchov kolbalari, har xil o‘lchamdagi shish idishlar, ma‘ruza, darslik, prezentatsiyalar,
ma‘lumotnomalar, adabiyotlar, tar-atma materiallar.
262
Asosiy matn
– Yuqori molekulali birikma (YUMB) lar eritmasi dori texnologiyasida dori vositasi yoki
yordamchi modda sifatida ishlatiladi. Ularga molekulyar og‘irligi 10000 mkm dan katta bo‘lgan
molekulalar kiradi. YUMB chin eritmalar xosil -iladi, molekulalar ulchami 1-100 nm gacha buladi.
YUMB eritmalarining texnologiyasi ular molekulasining tuzilishiga bog‘li-.
YUMB lar molekulasi shakliga ko‘ra 2 turga bo‘linadi: sferik tuzilishli (oqsillar), chiziqli
strukturali (kraxmal selyuloza xosilalari
Sferik shaklli YUMB ning erish jarayoni past molekulali moddalarning erishidan kam farq
qiladi, Bular oson gidratlanib,eritmaga utadi.Bunday YUMB larni cheksiz bukuvchilar deyiladi .
CHizi-li tuzilishga ega bo‘lgan YUMBlarning erishi 2 bosqichda boradi. 1.bo‘kish. 2.erish.
YUMB lar bo‘kib hajmi 10-15 marta ko‘payadi, lekin oxirigacha erib ketmaydi. Haroratning
ko‘tarilishi erish jarayonini oxirigacha yotkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |