Mustaqil tayyorlash uchun savollar:**
1. Tomchi dorilar deb nimaga aytiladi?
2. Tomchilar qaysi usul bilan tayyorlanadi?
3. Ichishga mo‘ljallangan tomchilar qanday tayyorlanadi?
4. Sirtga mo‘ljallangan tomchilar qanday madsadlar uchun ishlatiladi?
5. Sirtga mo‘ljallangan tomchilar qanday tayyorlanadi?
** Mustaqil tayyorlash uchun savollarning muxokamasini zamonaviy pedagogik
texnologiyalarning ―Loyiha‖ usulidan foydalanib o‗tkaziladi.
Uslubiy ta‘minot va mashg‗ulot jihozlanishi: DF X; XI; dori moddalari, tarozi, tarozi
toshlari, o‘lchov kolbalari, har xil o‘lchamdagi shish idishlar, ma‘ruza, darslik, prezentatsiyalar,
ma‘lumotnomalar, adabiyotlar, tar-atma materiallar.
Asosiy matn
Tomchilar deb, chin va kolloid eritmalardan iborat tomchi holida dozalanadigan suyuq dori
turiga aytiladi. Tomchili dozalash — bu dori turining yagona farqlanuvchi belgisi hisoblanadi.
Mustaqil
guruh
sifatida
ajralishiga
sabab,
tarkibidagi
dori
moddalar
shunday
konsentratsiyalarda beriladiki, bir martalik doza unda bir necha tomchilardan iborat bo‗ladi.
Shu sababli tomchilarni retseptda 10 ml.gacha bo‗lgan miqdorda yoziladi. Tomchilar suyuq dori
turlari retsepturasida muhim o‗rin egallaydi (25 % gacha). Tomchilar ichishga va sirtga
mo‗ljallangan bo‘ladi.
Tomchilar ex tempore tayyorlanadi va yana dorixonaning ichki ishlab chiqarish mahsuloti
ham hisoblanib, ular haqiqqatan ham standart bo‗lib ketgan. Oz hajmda beriladigan tomchilar
ayrim xususiyatlarga ega bo‗lib, bular suzish jarayonida kuzatiladi. Shunisi muhimki, eritma
konsentratsiyasi va uning miqdori suzilganda kamaymasligi.
Shuning uchun modda eritilayotganda 3 qism suvni olib qolish kerak. So‗ngra
tayyorlanayotgan eritma paxta tampon orqali o‗tkazilayotganda, tampon avvaldan ivitib olinadi,
filtrlash tugagandan so‗ng, qolgan erituvchi bilan yuviladi. Shisha filtrlar ishlab chi -ilgandan
so‗ng, farmatsevt ishi birmuncha yengillashadi. Asosiy e‘tibor tomchilarni kerakli hajmgacha
dozalashdir. qulay va sodda dozator DJ-10 ishlab chiqilgan bo‗lib, 10 ml suyuq dori turlarini
qadoqlashga mo‗ljallangan. U tik turuvchi asosdan, prujinali shtokdan, ushlovchi —
kronshteyn, uchlik nasadka chiquvchi va kiruvchi klapanlardan iborat, «Rekord» turidagi 5 —10
ml.li dozator. Dozani o‗zgartirish uchun moslamaning oxirida to‗g‗rilovchi vint bo‗lib, uning
yordamida porshenning harakati boshqariladi. Uchlik-nasadkaning boshqa bir uchiga cho‗zma
naycha kiygizilib, boshqa naycha uchiga naycha mahkamlab, qadoqlanadigan suyuqlik
quyiladigan idishga uchi solib qo‗yiladi. Dozatorga kerakli miqdor suyuqlik tortib olinib,
so‗ngra dozator porshenini oxirigacha olib boriladi, uchlik-nasadka klapani yordamida suyuqlik
dozatordan flakonga quyiladi, so‗ngra dozator tortib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |