Kuchli asos va kuchsiz kislotadan tarkib topgan tuz (natriy kofein benzoat, natriy nitrit, natriy
Rp: Sol. Coffeini - natrii benzoatis 10% - 50 ml
D.S. 1 ml dan teri ostiga yuboriladi.
182
Natriy gidrooksid eritmasi 0,2 ml
1000ml-4ml
50ml-X
In‘eksiya suvi- 50ml
V
um =
50 ml
Yuqoridagi retsept kuchli asos va kuchsiz kislotadan tashqil topgan tuz eritmasiga misol
bo‘ladi. XI DF si talabiga binoan eritmani tayyorlashda stabilizator sifatida bir litr eritmaga 0,1 M
natriy ishqoridan 4 ml qo‘shiladi. Bu retsept buyicha 0,2 ml natriy gidroksid eritmasi kushamiz.
Eritmaning rN ko‘rsatkichi 6,8—8,0 oraligida bo‘ladi. Eritma 120°S da 8 daqiqa sterillanadi.
Alkaloid va sintetik azot asos tuzlari eritmasi (morfin gidroxlorid, strixnin nitrat, novokain va
b.) qadoqlanadigan shishaning ishqoriy muxiti ta‘sirida gidroliz, fenol guruhining oksidlanishi,
murakkab efir boglarining sovunlanishi kabi reaksiyalarga uchraydi. Bu eritmalarni 0,1 M li xlorid
kislotasi qo‘shib turg‘unlashtiriladi.
Rp: Sol Dibazoli 1%—10 ml
Sterilisetur!
D.S. 50 flakon.
Steril ulchov kolbasiga aseptik sharoitda tortib olingan 5 g dibazol solinadi. Ustiga in‘eksiya
uchun ishlatiladigan suv, 5 ml 0,1 M li xlorid kislota eritmasi solib eritiladi va eritma hajmi 500 ml
ga etkaziladi. Tayyor eritma steril filtr orqali hajmi 10 ml li idishlarga qadoqlanadi. Idishning og‘zi
rezina tikin va alyumin qopqoq bilan zich qilib berkitiladi. Mexaniq zarrachalar bor-yukligi
tekshirilib, so‘ng avtoklavda 120°S haroratda 8 daqiqa sterillanadi. YAna mexaniq zarrachalar bor-
yukligi tekshirilib, tegishli yorliq epishtiriladi. Eritmani saqlanish muddati korongi va salqin erda 60
kun.
XI DF buyicha, in‘eksiya dori turlariga steril suvli va suvsiz eritmalar, suspenziyalar,
emulsiyalar, yuborishdan oldin steril erituvchida eritiladigan quruq va qattiq moddalar (poroshoklar,
govak massalar va tabletkalar) kiradi.
Dorivor moddalarni erituvchisi sifatida DF va normativ texnik xujjatlar talablariga javob
beruvchi in‘eksiya uchun suv, o‘simlik moylari, etiloleat ishlatiladi. Kompleks erituvchi tarkibida
esa etil spirti, glitserin, propilenglikol, polietilenoksid 400, benzilbenzoat, benzil spirti va boshqa
erituvchilar ishlatiladi. In‘eksiya uchun ishlatiladigan suv XI DF ga asosan tozalangan suvga
quyilgan talablardan tashkari apirogen bo‘lishi kerak (FS 42 o‘z - 0512 - 2002).
Bu suv aseptik sharoitda tomchilarni ushlab qoladigan maxsus separator urnatilgan
distillyasion apparat yordamida olinadi.
In‘eksiya uchun ishlatiladigan suv va in‘eksion eritmalarning pirogenligini tekshirish XI DF,
2-tomining, 183 betida keltirilgan «Pirogenlikka tekshirish» maqolasiga kura olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: