Dori vositasining terapevtik ta‘siriga tayyoriash tehnologik jarayoni jiddiy ta‘sir
ko‘rsatib, bunda dori moddasining eruvchanligi, kristall holati o‘zgarishiga olib keladi.
Dorihona retsepto‘ra sharoitida mo‘rakkab tarkibli surtmalar uchrab to‘rib, tarkibda dori
moddasi asosda erish hususiyatiga ega bo‘lib, erituvchida esa erimaslik yoki aks holatlar
uchrab to‘radi. Bunday surtma dorilarni tayyorlashda suspenzion - emulsion aralash to‘rdagi
surtma dorilarni tayyoriash tavsiya etiladi. Aralash turdagi surtm a dori turi bu ko‘p fazali
surtma bo‘lib, uning tarkibida bir vaqtda dori moddalar erigan holda, suspenziya hamda
emulsiya holida bo‘lishi mumkin. Aralash to‘rdagi surtma dorilarni tayyorlashda qatttiq fazani
asosga kiritish bilan amalga oshirilib emulsiya surtmasi tayyoriash bilan davom ettiriladi.
Bunda birinchidan qatttiq fazani moysimon surtma asosiga aralashtirilib, keyin emulsiya lash
fazasida tarkaladi. Bundan tashqari qatttiq faza gidrofil hossaga ega bo‘lsa,oldin suvli
suyuqlikda ho‘Hash bilan tehnologik jarayonini qulaylashtirish mumkin. Bunda suvli
suspenziyani surtma asosiga aralashtirib quyidagi sistemani, yani suvli emulsiya, yogli
151
suspenziya holati da amalga oshirish mumkin.
Yuqoridagilardan kelib chikkan holda aralash to‘rdagi surtma dorilarni tayyoriash surtma
tarkibiga kiruvchi dori moddasining fizik- kimyoviy hossalari hisobga olingan holda
suspenzion hamda emulsion to‘rdagi surtma dorilarni tayyoriash koidalaridan foydalaniladi va
quyidagi tehnologik jarayonla r bajariladi:
1.
asosni tayyoriash;
2.
suvli faza -dori moddalarning suvli eritmasini tayyoriash;
3.
emulsiyalash;
4.
qatttiq dori moddalarini kiritish;
5.
gomogenlashtirish;
Surtmalar magistral dorixati murakkab tarkiblardan tuzilgan bo‘lib, ularda dori moddalar
asosda eritilib, kukunsimon holda va dori moddalarning suvli eritmalari holida aralashib kelishi
mumkin. Bunday murakkab tizimli tarkibni tayyorlash oddiy tizimdagi surtmalar texnologiyasi
prinsipida olib boriladi.
Комбинирланган суртмалар тайѐрлашда, кo‘п компонентли суртмалар технологиясига
амал қилинади, тайѐр суспензион, эмульсион еки гомоген суртмалар энг охирида
аралаштирилади, бу o‘з навбатида суртманинг турғунлигини таъминлайди.
57
Rp.: Unq. Acidi borici 3% 25,0
Liq Burovi 5,0
M.f.unq.
D.S. Zamburug‘li teri kasalliklarida
Yozilgan surtma suspenziya-emulsiya tipiga kiradi. 0,75 g borat kislota 0,5 g vazelin moyi
bilan disperclanadi, shundan so‘ng vazelin bilan eziladi. Tayyor surtmaga oz-ozdan Burov suyuqligi
qo‘shib aralashtiriladi, bunda dagal emulsiya hosil bo‘ladi. Shu sababli surtilganda antiseptik va
sovituvchi ta‘siri tezroq ruyobga chiqadi.
Rp.: Mentholi
Cocaini hydrochloridi aa 0,1
Sol.Adrenalini hydrochloridi 1:1000 qtt XX
Zinci oxydi 0,5
Lanolini
Vaselini aa 10,0
Ol.vaselini 5,0
M.f.unq.
D.S.
Mentol yog‘da eriydi, uni surtmaga eritma tipida kiritiladi. Kokain va adrenalin gidroxlorid
suvda eriydi: ularni emulsion surtma tayyorlash koidasi buyicha kiritiladi. Rux oksid suvda ham,
yog‘da ham erimaydi, uni trituratsion surtmalar tayyorlash koidasi buyicha qo‘shiladi. Mentolni
suyuq parafinda chinni kosachada sekin qizdirib eritiladi. Rux oksidini mayda kukun qilib bir necha
tomchi mentolli eritma tomizilib eziladi va oldindan tayyorlangan surtma asosi aralashmasi (vazelin
va lanolin aralashmasi) qo‘shiladi. Oxirida suyuq parafindagi mentol eritmasini aralashtiriladi.
Hovonchaning dastasi bilan surtmada chukurcha qilinib, unga adrenalin gidroxlorid eritmasi
tomiziladi, so‘ng unga kokain gidroxlorid qo‘shiladi. U eriganidan so‘ng surtma yaxshilab
aralashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: