Span emulgatorlari
Bu sorbitanning yuqori yog‘ kislotalari bilan bergan tulikmas efiridir. Sorbitan sorbitol olti
atomli spirtidan hosil bo‘ladi. Bu birikma xalkalanganda xuddi tetragidropiron va tetragidrofuran
birikmalari singari tuzilishga ega bo‘ladi. Sorbitan furan tuzilishida degidratlanganda bitsiklik
angidrid holiga utadi va bu birikma sorbit deb ataladi, buni ham yog‘ kislotalari bilan
eterifikatsiyalash mumkin. Sorbitan bilan qanday kislota birikishiga qarab har xil spanlar hosil
bo‘ladi, bu spanlar asosdagi kislotasiga qarab har xil xususiyatli bo‘ladi va shunga qarab
nomlanishda nomerlari bilan farqlanadi. Span-20, Span-40, Span-60 va x.k.Spanlar lipofil
birikmalardir. CHunki ular moylarda, spirt, atseton va xloroformda yaxshi eriydi. Suv-yog tipidagi
emulsiya hosil qiladi. Ionlashmaydigan harakterdagi dorivor preparatlardan surtma dori
tayyorlashda keng ishlatiladi.
Emulgator-pentol. Turt atomli pentaeritrit spirt va olein kislotasining 19% mono-, 55% di- va
tetraefirlaridan tuzilgan. Bu birikma Rossiya ilmiy tekshirish instito‘tida sun‘iy va tabiiy holatlarda
olingan. bo‘larni V.M.Gretskiy urganib farmatsiya amaliyotida ishlatishga tatbik etdi. Vazelin 5%
pentol bilan turg‘un yuqori dispers emulsion sistema hosil qiladi, bu 50-60 % suv bilan suv-yog
tipidagi emulsion sistema , yuqori aktivlikka ega bo‘lib, salbiy xossalari yuk. Bu asos saqlashga
ancha turg‘un, sovuq va qizdirganda ham o‘z xususiyatini o‘zgartirmasdan saqlab qoladi.
138
Yog‘-shakar emulgatori. yog‘-shakar emulgatori saxarozaning yuqori yog‘ kislotalari bilan
hosil qilgan murakkab efiridir. Saxaroza va yog‘ kislotalari (stearin, palmitin, laurin) bu
emulgatorni olishda xom ashyo hisoblanadi, yoki bo‘lar urniga o‘simlik yog‘lari va kokos, palmitat
kislotalari aralashmalari ishlatilishi mumkin. Saxaroza molekulasida 8 OH guruhi bor bo‘lib, ularni
eterifikatsiya yo‘li bilan har xil sirt aktivlik xususiyatini namoyon qiluvchi ko‘plab birikmalarni
sintez kilish mumkin. o‘zining xususiyatiyatiga ko‘ra sirt aktiv moddalardir va emulgator sifatida
qo‘llash mumkin. Palmitin va stearin kislotalarining diefirlari (2%) miqdorda vazelin moyi (47%)
bilan suv (45%), metilsellyuloza (1%) va serezin (5%) ular bilan aralashtirilganda suv-yog tipidagi
turg‘un konsistensiyali emulsiya hosil bo‘ladi. Metilsellyuloza va serezin bu erda ivituvchi
vazifasini utaydi. Bu asos va dorivor moddalarning rezorbsiyasi (salitsil kislotasi, sulfatsil-natriy)
vazelinga karaganda yaxshi natija beradi. Bu emulgator toza holda, rangsiz kristallik modda bo‘lib,
hidsiz va ta‘msiz. 100
0
S haroratgacha chidamli 120
0
S dan boshlab eriy boshlaydi. Organizmda
yog‘ kislotalariga, glyukozaga va fruktozaga parchalanadi. Terida allergik holatlarni chakirmaydi,
rN ko‘rsatkichni normal saqlab turadi, suv balansini ham normada ushlab turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |