Surtmalar tayyorlashda ishlatiladigan dori moddalari
Hozirgi kunda barcha farmakologik guruhlarga kiruvchi dori preparatlari surtma dori holida
ishlatilmoqda. Asosan antiseptik dori vositalari, sulfanilamid preparatlari, gormonlar va ularning
analoglari, antibiotiklar, vitaminlar, zamburug‘ kasalliklarini davolovchi dori vositalari keng
qo‘llanilmoqda. Ular organik va noorganik moddalar bo‘lishi bilan birga, ularning fizik-kimyoviy
xossalarini va agregat holatlarini belgilovchi har xil kimyoviy tabiatga ega (metall oksidlari va
ularning tuzlari, kislotalar, asoslar, efirlar). qo‘llaniladigan ko‘p preparatlar qattiq dori moddalardir,
lekin har xil yopishqoqlikka ega bo‘lgan suyuqliklar ham bor (Burov suyuqligi, efir moylari,
koramoy, vinilin va boshqalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |