Umumiy texnologik usullar
Suyuq dori shaklida foydalaniladigan komponentlarning hammasidan yuqori darajali eritma
tayyorlanadi. Bunday suyuq dorilardan foydalanishda shu eritmalardan aniq bir hajmda, idishga
o‘lchab olinsa kifoya. Albatta bunda eritmalarni solish navbati ularning xususiyatiga qarab
belgilanadi.
YUqori darajali eritmalari bo‘lgan moddalardan tashqari, yana boshqa dori moddalar
ishlatiladigan bo‘lsa, ular hisoblangan miqdordagi erituvchida eritilib bemorga beriladigan shisha
idishga filtrlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |