Vaziyatli masalalar:
1. Rp.: Olei Ricini 10,0
Aq. purif. ad 100,0
Misce ut fiat emulsum
D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal.
50 g kraxmal eritmasi tayyorlab olinadi, so‘ng uni sovitib havonchaga solinadi. Ustiga oz-ozdan
10 g kanakunjut moyi qo‘shib emulgirlanadi. Birlamchi emulsiya hosil bo‘lgach, 50 ml suv
qo‘shiladi. Retsept to‘g‘ri tayyorlandimi?
2. Rp.: Emulsi ex oleis 200,0
D. S. 1 choy qoshiqdan 3 mahal ichilsin.
Havonchada 10 g jelatoza 15 ml suv bilan aralashtiriladi. So‘ng unga oz-ozdan 20 g shaftoli moyi
(bodom moyi, zig‘ir moyi) qo‘shib bir tomonga qarab aralashtiriladi. So‘ng oz-ozdan qolgan 155 ml
suv aralashtiriladi. Tayyor emulsiya dokadan suzilib belgilangan qo‘ng‘ir idishga solinadi.
Emulsiya hosil bo‘lganini qachon bilish mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |