52
ingredentlar orsidagi kimyoviy tasir natijasida,polimerlar kompleksi, mitsell, mitsel, assotsiatlari,
VMS makromalekulalari, xomosorbsillar va boshqalar hosil bo‗lishi mumkin. Hosil bo‗lgan
birikmalar mustaxkam yoki engil uziluvchi yuqori yuza faolligi bilan xarakterlanuvchi yoki
balanslangan sistema energiyasi bilan, dorivor moddani asosiy farmokologik reaksiyasini
tezlatishi yoki susatirishi mumkin. Malumki o‗zaro tasir darajasi fizik-kimyoviy yoki kimyoviy
bog‗lanish energiyasi bilan belgilanadi.Agar bog‗lanish kuchiz bo‗lsa [van-der-valls kuchi-4,2
kdj/mol (1 kall/mol) yoki vadarodli bog‗lanish 29-42 kdj/mol (7-10 kall/mol)], yani jarayon
qaytar bo‗lishi mumkin, chunki organizm bu bog‗lanishni enga oldi,maydalashi mumkin,
ko‗rinishini o‗zgartirishi va dorivor modda utilizatsiyalanadi. Lekin kovalent energiyasi 420-585
kdj/mol bo‗lgan mustaxkam bog‗lanish hosil bo‗lsa,jarayon qaytmas bo‗lib qolishi mumkin,
chunki organizmda bu bog‗lanishni uzish uchun sharot mavjut emas. SHuning uchun yordamchi
moddalar dorivor modda terapevtik tasirini minimumiga tushirishi, tostik ko‗rishishgacha
oshirishi yoki butunlay o‗zgartirishi mumkin. Masalan: amfetamsin karboksimetil-sellyuloza
bilan
kompleksi
butunlay
so‗rilmaydi,demak formokologik effekt taminlanmaydi.
Polietilenglikolga fenobarbitan kam eriydi, demak so‗rilmaydi.
Tuproq minerallari adsorbsiyalash xususitigya ega va alkaloidlar, anestetiklar,
antibiotiklar va boshqa preparatlarni ajralib chiqishini to‗xtadi. Magniy trisikilati va magniy
oksidi steroid gormonlarini paydo bo‗lishi (destruksiyasi)ni ta‘minlaydi. Natriy sulfit, bisulfit va
metasulfit, tiamin bufer eritmasiga kiruvchi (pH=3.5), taniqli antiaksidiantlar tiazolgacha
parchalaydi. D vitamini qattiq dori formasida yordamchi moddalar bo‗lganida oson izomerlanadi
(talk, amoniy silikati, kalsiy fosfat, limon kislotasi va boshqalar).
YOrdamchi moddalar dori vositalarining farmokolik faoliyatini nafaqat pasaytira oladi,
balki yana katta darajada parchalanish va biokirishish bilan harakterlanuvchi bog‗lanishlarni
yaratadi (masalan, prednizolon bilan polivinilpirrolidon, salitsilamid bilan polivinilpirrolidon,
salitsil kislotali sorbit, mochevina bilan norsulfazol). Saponinlar oshqozon-ichak traktida
glyukozani so‗rilish jarayonini kuchaytiradi. Natriy lauril sulfat penetsillin, grizeofulvin va
boshqalarni so‗rilishini tezlashtiradi.
SHuningdek, tanlangan rezorbsiya dori moddalarining biologik aktivligini o‗zgarishi
sababchisi hisoblanadi.
Dori moddalarining biologik membranalardan so‗rilish jarayonini murakkab retseptor
mexanizmi, ya‘ni diffuziya qonuniga asoslangan Fik qonuniga to‗g‗ri keluvchi rezorbsiya deb
qabul qilish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: