Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi biofarmatsiya


-Ma‘ruza  Dori vositalarining bioekvivalentligini baholashda ―Bioveyver‖ uslubi



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/172
Sana04.01.2023
Hajmi4,05 Mb.
#897577
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   172
Bog'liq
БФ мажмуа 2020й pdf — копия

8-Ma‘ruza 
Dori vositalarining bioekvivalentligini baholashda ―Bioveyver‖ uslubi 
 
Reja: 
1. Biologik samaradorlikni aniqlashda ―Bioveyver‖ uslubi ni tutgan o‗rni. 
2. In vitro va in vivo tajribalari orasidagi umumiylik 
3. Korellyasion koeffitsientni aniqlashdan maqsad 
4. Korellyasion koeffitsientni xisoblash va tahlil qilish 
 
Mustaqil O‗zbekiston Respublikasi aholisini yuqori samarador, turg‗un va arzon dori-
darmon bilan ta‘minlash, farmatsevtik texnologiyaning ustuvor vazifalaridan hisoblanadi.
Hozirgi kunda Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan dori-darmon, aholi extiyojini 10%ni 
qondira oladi xolos. Bundan ko‗rinadiki, aholi uchun zarur bo‗lgan dori vositalarining asosiy 
qismi horijiy davlatlardan valyuta hisobiga keltirilmoqda. Bu esa, dorining tannarhiga salbiy 
ta‘sir ko‗rsatmoqda, shuningdek undan foydalanish imkoniyatini cheklab qo‗ymoqda. Markaziy 
Osiyo Respublikalarida XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, ekologik muvozanatning buzila 
boshlashi, qolaversa Orol fojeasi, qishloq xo‗jaligining turli sohalarida, uzoq yillar davomida 
zaharli, kimyoviy moddalarni nazoratsiz foydalanish ayrim kasalliklarni keskin ko‗payishiga olib 
keldi. Xususan qandli diabet, allergiya, bo‗qoq, jigar, buyrak va kamqonlik kabi kasalliklar bilan 
kasallangan bemorlarning soni ko‗payib, dori darmonga bo‗lgan ehtiyoj yil sayin oshib ketdi. 
Respublikada dori ta‘minotini yaxshilash usullaridan biri, shu sohadagi mutaxassislarning ilmiy 


43 
tadqiqot ishlarini jadallashtirish, ularni aniq maqsad sari yo‗naltirish, dorishunos, farmakolog va 
kimyogarlarning o‗zaro hamkorligini kengaytirishdir. Bu muammoni xal qilishning yana bir 
yo‗li, maxalliy xom ashyolardan oqilona foydalanib, yangi dori turlarini yaratish va amaliyotga 
tatbiq etishdir. O‗zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida dorivor giyoxlarga boy mintaqa 
hisoblanadi. Bu giyoxlar zaxirasini asrab avaylagan xolda foydalanish, ulardan biofaol 
moddalarni ajratib olib o‗rganish va amaliyotga tatbiq qilish mutaxassislar oldida turgan jiddiy 
masalalardan hisoblanadi. SHulardan kelib chiqqan xolda maxalliy dorivor o‗simlik xom 
ashyolaridan olingan quruq ekstraktlar va sun‘iy usulda olingan biofaol moddalardan tabletka 
dori turini yaratish, tayyor maxsulotning miqdoriy taxlil usulini ishlab chiqish, ularni 
biofarmatsevtik 
nuqtai 
nazaridan 
baxolash 
farmatsevtik 
texnologiyaning 
ustuvor 
yo‗nalishlaridandir. 
Biofarmatsiyaning asosiy vazifasi dorilarning biosamaradorligini oshirish, shu bilan birga 
ularning zaharliligini va qo‗shimcha ta‘sirini kamaytirishdir. Dorilarning biosamaradorligiga 
fiziologik, biokimyoviy va farmatsevtik omillar ta‘sir ko‗rsatadi. Ulardan biz uchun eng muhimi 
farmatsevtik omillardir. Ularga dorishunos bevosita ta‘sir ko‗rsata olishi mumkin. Hozirgi 
vaqtda biofarmatsevtik tadqiqotlar bir necha yo‗nalishda olib boriladi. Ular farmatsevtik 
omillarning ta‘sirini, dorilarning so‗rilishini va xarakatlanishini, biotransformatsiyasini, faol 
substansiyalarining organizmda taqsimlanishini va ajralib chiqishini, preparatlarni biologik 
o‗zlashtirish imkoniyatlarini va ularni aniqlash usullarini ishlab chiqishni, hamda preparatlarning 
farmakokinetikasini, ya‘ni qonda yoki boshqa suyuqliklardagi miqdorini aniqlash usullarini 
o‗rganadi. 
―Farmatsevtik omillar‖ tushunchasi preparatlarni tayyorlashdagi barcha jarayonlarni o‗z 
ichiga olmasdan, faqat faol substansiyaning terapevtik faolligiga ta‘siri aniqlangan omillarnigina 
o‗z ichiga oladi. Farmatsevtik omillar orasida yordamchi moddalar, ularning tabiati va miqdori, 
faol substansiyaga ko‗rsatadigan ta‘sirining murakkabligi va muhimligi jihatidan qolgan barcha 
omillardan ajralib turadi. Deyarli barcha preaparatlarning tarkibida yordamchi moddalarning 
mavjudligi, ularning naqadar muhimligidan dalolatdir. YOrdamchi moddalar biofaol 
moddalarning o‗ziga xos tarkibiy qismi bo‗lib, u bilan doim aloqada bo‗ladi. Preparatlarning 
qo‗llanilishida yordamchi moddalar faol substansiya – organizm tizimiga o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi. 
Ular faol substansiya ta‘sirini pasaytirishi, susaytirishi yoki turli sabablarga ko‗ra uni 
o‗zgartirishi mumkin. Masalan, amfetaminning tabletkasi, draje, granula, suspenziya yoki 
qiyomini tayyorlashda yordamchi modda sifatida karboksimetilsellyuloza qo‗llanilsa 
preparatning so‗rilishi butunlay yo‗qoladi. SHunday xodisani yordamchi modda sifatida 
tarkibiga jelatin qo‗shilgan sulfadimezin tabletkasida ham ko‗rish mumkin. 
Bularning hammasi yordamchi modda turi, miqdori, kiritish usuli faol substansiyaning 
faollik darajasi va biosamaradorligiga ta‘sir etishini ko‗rsatadi. YOrdamchi moddalarning 
biofaol moddalar so‗rilishiga ta‘siri nafaqat tabletkalarda, shuningdek turli farmakologik 
guruhlarga mansub faol substansiya saqlovchi shamcha, surtma va eritmalarda ham o‗rganilgan. 
Demak, har bir faol substansiya uchun ishlatiladigan yordamchi modda biofarmatsevtik 
nuqtai nazaridan baholangan bo‗lmog‗i lozim. 
Biofaol moddalarning fizik-kimyoviy xossalari nafaqat texnologik, shuningdek 
biofarmatsevtik nuqtai nazardan ham katta ahamiyatga ega. Masalan, sulfadimetoksin, digoksin 
va atsetilsalitsil kislota kukuni zarrachalarining maydalanib borishi bilan, ularning shamcha va 
tabletkalardan so‗rilish darajasi va tezligini oshirib boradi. Sulfadimezin kukunida esa o‗lchami 
10 mkm dan kichik bo‗lmagan zarrachalarning mavjudligi uning so‗rilishiga salbiy ta‘sir qiladi. 
Dori turini tayyorlashdagi texnologik jarayonlar ham dorilarning turg‗unligi, sifati va 
biosamaradorligiga sezilarli ta‘sir ko‗rsatadi. Nam donadorlash usuli qo‗llanilganda ayrim 
dorilar faolligining pasayishi tajribalar asosida isbotlangan. Masalan, rauvolfiya alkaloidini 
donadorlashda spirt va suv bilan namlanganda alkaloidni miqdori kamaygan. Tritritsin va 
neomitsinni donadorlashda NaKMS eritmasi ishlatilsa, ularning terapevtik unumdorligi ancha 
pasayadi va hakozo. To‗g‗ridan-to‗g‗ri presslab olingan tabletkalardagi faol substansiyalarning 
so‗rilish tezligi ko‗pincha donadorlash orqali olinganga nisbatan yuqori ekanligi amaliyotda 


44 
tasdiqlangan. 
SHunday qilib, farmatsevtik omillarni o‗rganish amaliy ahamiyatga ega, chunki me‘yoriy 
texnik hujjat va adabiyotlarda keltirilgan tarkib va texnologiyaning to‗g‗riligi, biofarmatsevtik 
nuqtai nazardan baholanishi keltirilmagan. Ular to‗liq samara bermay, nobioekvivalentlikka 
sabab bo‗lishi mumkin.
Tayyor dori turlarining texnologiyasini ishlab chiqishda biofarmatsevtik tadqiqotlar 
alohida muxim ahamiyat kasb etadi. CHunki, ma‘lum farmakologik ta‘sirga ega bo‗lgan faol 
moddadan u yoki bu dori turini tayyorlashda avvalam bor o‗zlarining kimyoviy jihatdan kelib 
chiqishi turlicha bo‗lgan yordamchi moddalar majmuasi qo‗llaniladi. Qolaversa, texnologik 
jarayonlarni amalga oshirishda ―faol modda – yordamchi modda‖ kompleksiga turli fizikaviy, 
fizik-kimyoviy va kimyoviy omillar ta‘sir ko‗rsatishi mumkin. Bu esa o‗z navbatida ta‘sir 
etuvchi va yordamchi moddalar o‗rtasida muhit rN ining o‗zgarishi, fizikaviy yoki kimyoviy 
modifikatsiyalarga o‗tishi, kompleks birikmalar hosil qilishi, eruvchanlikni o‗zgarishi, sorbsiya 
xodisasi, shu jumladan adsorbsiya, absorbsiya, xemosorbsiya va boshqa xodisalar sababli yuzaga 
kelishi mumkin bo‗lgan holatda tayyor dori turining terapevtik samaradorligini u yoki bu tarafga 
o‗zgartirishi mumkin.
YUqoridagilarni inobatga olgan holda o‗rganilayotgan tabletka dori turlarining ta‘sir 
samaradorligini baholashda muxim o‗rin tutuvchi biofarmatsevtik tadqiqotlar amalga oshirildi. 
Ma‘lumki tabletka dori turlarida biofarmatsevtik tadqiqotlar 2 xil usulda: in vitro va in 
vivo tajribalarida amalga oshiriladi. 
In vitro tajribalari bajarilishi nuqtai nazaridan oddiy, kam xarajat va kam vaqt talab 
etadigan, ayni vaqtda dori vositasining terapevtik samaradorligi to‗g‗risida etarlicha ma‘lumot 
bera oladigan tajriba usullaridan hisoblanadi. SHu bilan birga in vitro tajribalar xar doim xam 
dori vositasining tirik organizmdagi ta‘sirini to‗laqonli ifodalamasligi mumkin. SHu sababli 
taklif etiladigan in vitro usuli in vivo sharoitida olingan tajribalar natijalari bilan taqqoslanib, 
ular o‗rtasidagi korrelyasion bog‗liqlik hisoblab topiladi va bu bog‗liqlik ishonarli darajada 
bo‗lgan taqdirda qo‗llanilgan in vitro tajriba usuli keyinchalik dori vositasini sifat nazoratini 
amalga oshirish uchun tavsiya etiladi. 
In vivo tajriba usullari laboratoriya tajriba hayvonlarida yoki o‗zi istak bildirgan 
odamlarda olib boriladi. In vivo tajribalari farmakokinetik usul – qon, boshqa biologik 
suyuqliklar va alohida a‘zolarga so‗rilib o‗tgan ta‘sir etuvchi modda konsentratsiyasini o‗lchash 
bo‗yicha yoki farmakodinamik usul – dori vositasini organizmga so‗rilib o‗tgandan keyin 
namoyon bo‗ladigan ta‘sir kuchini o‗rganish bo‗yicha amalga oshirilishi mumkin. 
Farmakokinetik usullarda tadqiqotlar o‗tkazilganda faol modda konsentratsiyasi asosan 
kimyoviy va fizik kimyoviy, alohida holatlarda mikrobiologik, biokimyoviy va biofizikaviy 
usullarda amalga oshiriladi. Farmakodinamik usullarda esa dori vositasi terapevtik 
samaradorligiga baho berish, tirik organizmning dori vositasi ta‘sirida ma‘lum funksional 
holatidagi o‗zgarishlarni o‗lchash bo‗yicha amalga oshiriladi.
Bugungi kunda nisbatan qattiq, dozalangan, og‗iz orqali qabul qilinadigan dori 
vositalarini biofarmatsevtik ko‗rsatkichlarini in vitro sharoitlarida o‗rganish uchun 200 ga yaqin 
usullar va asbob-uskunalar taklif etilgan. SHulardan dori vositalarini eruvchanlik testini aniqlash 
bo‗yicha taklif etilgan ―Aylanuvchan kajava‖ usuli qator e‘tirof etilgan halqaro 
farmakopeyalarga (NF, USP, BP, EuP va boshqalarga) kiritilgandir. Bu usul bizning 
respublikamizda ham rasmiy usul hisoblanadi. ―Aylanuvchan kajava‖ usulining bu darajada keng 
qo‗llanilishining asosiy sabablari, olingan tadqiqot natijalarining ko‗p holatlarda in vivo tajriba 
natijalari bilan yuqori korrelyasion bog‗liqlikka egaligi, usulning oddiyligi, amalga oshirilishini 
qulay va kam xarajatliligi kabilardir. 
Ayrim tabletkalar uchun In vitro va in vivo sharoitlarida amalga oshirilgan tajriba 
natijalari o‗rtasidagi korrelyasion bog‗liqlik hisoblab chiqildi va olingan natijalar asosida 
korrelyasion bog‗liqlik yuqori darajada ifodalangan ―erish testi‖ ni amalga oshirish sharoitlari 
belgilandi. 
Korrelyasiya koeffitsienti qanchalik birga yaqin bo‗lsa, olingan natija shunchalik ijobiy 


45 
hisoblanadi va bunday holatda korxona sharoitida ishlab chiqarilgan tabletkaning 
biosamaradorligi in vitro usuli bilan baholansa etarli bo‗ladi. 
Korxona sharoitida in vivo tajribalari o‗rniga in vitro tajribalarini ishlatish imkoniyati 
borligini ilmiy jihatdan asoslash uchun, ularning korrelyasion koeffitsientini hisoblash lozim. 
Agar korrelyasion koeffitsient 0,60 va undan katta bo‗lsa, korxona sharoitida biosamaradorlikni 
in vitro usulida aniqlash kifoya qiladi.
Farmakokinetik tahlil farmakoterapevtik va farmatsevtik omillarni to‗g‗ri tanlashga 
imkoniyat beradi. Biosamaradorlik testi tirik organizmlarda olib boriladi va aniqligi bilan ajralib 
turadi, ammo ular murakkab va uzoq vaqt talab qilganligi uchun ishlab chiqarishda kam 
qo‗llaniladi.
In vivo va in vitro tajribalari asosida olingan ko‗rsatkichlarning bir-biriga mos kelishini 
bilish uchun ularning korrelyasiya koeffitsientini aniqlash lozim bo‗ladi. Markaziy Osiyoda, shu 
jumladan O‗zbekiston Respublikasida ham, temir tanqisligi bilan bog‗liq anemiya bilan 
kasallangan bemorlar sonining yildan yilga ortib borishi kuzatilmoqda. Ekologiyaning 
yomonlashishi, vaqtida ovqatlanmaslik va xaddan tashkari asabiylashish ushbu kasallikning 
rivojlanishini chaqiruvchi asosiy sabablarga kiradi. Temir tanqisligi bilan bog‗liq anemiya 
ayniqsa bolalar va emizuvchi ayollar orasida keng tarqalgandir. 
Ushbu kasallikni davolash uchun asosan organik va noorganik tabiatga ega bo‗lgan temir 
preparatlari qo‗llaniladi. Adabiyotlarda keltirilgan ma‘lumotlarga ko‗ra, organik tabiatga ega 
bo‗lgan temir preparatlari noorganik tabiatga ega bo‗lgan temir preparatlaridan ko‗ra 
yumshoqroq ta‘sir qiladi, to‗liqroq so‗riladi va kamroq zaharli ta‘sir namoyon etadi. 
Farmakologik tadqiqotlarning dastlabki natijalariga ko‗ra, tarkibida muayyan miqdoriy 
nisbatlarda feramid va mumiyo-asilni saqlovchi ―Mumifer‖ substansiyalar aralashmasi hamda 
feramid, koamid, askorbin va fol kislotalarini saqlovchi ―Feraskofol‖ substansiyalar aralashmasi 
ma‘lum bir dozalarda antianemik faollikka ega. Dorivor moddalar va ularning aralashmalaridan 
yuqori samarador, turg‗un, iqtisodiy jihatdan foydali va murakkab tarkibli dori turlarini ishlab 
chiqish esa farmatsevtik texnologiyaning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. 
TDVS kafedrasi xodimlari tomonidan yaratilgan ―Mumifer‖ va ―Feraskofol‖ 
tabletkalarining sifatini baholash va biofarmatsevtik tadqiqotlari natijalari ularning 
standartizatsiyasi va sifat nazorati bilan bog‗liq masalani hal etish imkonini beradi. Tegishli 
metodlarda tabletkalarda saqlanuvchi dorivor moddalarning turg‗unligi hamda dorivor 
moddalarning fizik-kimyoviy xossalarini o‗rganish natijalari tavsiya etilayotgan tabletkalarning 
dastlabki yaroqlilik muddatlari va saqlash sharoitlarini belgilash va ular uchun qadoqlovchi 
materiallarning maqsadga muvofiq turini tanlash imkonini beradi. Dori turining erish vaqtini 
haqqoniyligini nazorat qilish (me‘yorlash) 
in vitro 
metodi ko‗rsatkichi sifatida xizmat qilgan 
bitta tabletkada saqlanuvchi dozaga nisbatan temirning erituvchi muhitga o‗tgan foizi bilan in 
vivo metodining so‗rilish farmakokinetik parametri o‗rtasida korrelyasiya o‗rnatish asosida 
amalga oshirildi. 
Korrelyasiya regressiya tenglamasi yordamida korrelyasiya koeffitsientini (K
kor
) hisoblash 
orqali isbotlandi: 










2
_
2
_
_
_
)
(
)
(
))
(
)
((

Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish