dorivor pardalar sifatida ishlatish maqsadga muvofiqligi ko‗rsatilmoqda.
Polimer dorivor pardalar tasnifi
1. Polimer dorivor pardalar ta‘siri bo‗yicha:
- umumiy ta‘sir ko‗rsatuvchi;
- mahalliy ta‘sir ko‗rsatuvchi pardalarga bo‗linadi.
2. Hozirgi vaqtda polimer dorivor pardalar qo‗llanilishi bo‗yicha quyidagicha tasniflanadi:
- oftalmologik;
- og‗iz bo‗shlig‗iga o‗rnatiladigan;
- dermatologik (teri ustiga);
- rinologik;
Mahalliy ta‘sirga ega bo‗lgan polimer dorivor pardalar
Bu turdagi polimer pardalardan eng keng qo‗llaniladiganlari bu ko‗z pardalari. Ular turli
ko‗z kasalliklarini davolashda qo‗llaniladi. Hozirgi vaqtda qator dorivor moddalarning ko‗z
pardalari ishlab chiqilgan: apilak, florenal, sulfapiridazin-natriy, dikain, taufon. Ularning katta
kichikligi 9 x 4 x 0,3 mm, og‗irligi 10-30 mg atrofida bo‗ladi.
Burun shilliq qavatlaridagi turli patologik jarayonlarni davolashda rinologik polimer
pardalar ham keng qo‗llaniladi. Masalan, rinitlarni davolashga mo‗ljallangan, efedrin
gidroxlorid, naftizin, dimedrol saqlovchi polimer pardalar yaratilgan.
Polimer pardalarni stomatologiya amaliyotida xam qo‗llanilishi keng. Turli og‗iz
bo‗shlig‗ida sodir bo‗ladigan patologik jarayonlarni ( stomatit, gingivit, parodontoz)
davolashning samaradorligini oshirishda polimer stomatologik pardalar taklif etilgan.
Masalan, Kok Khiang Peh, Choy Fun Wong tomonidan natriy-karboksimetilsellyuloza va
gidroksipropilmetilsellyuloza polimerlar asosida bukkal polimer pardalar yaratilgan. Ular og‗iz
bo‗shlig‗idagi yaralarni, yallig‗lanishlarni davolashda ta‘sir etuvchi moddalarni uzoq vaqt
davomida ajralib chiqishini ta‘minlab, terapiyani samaradorligini oshiradi
7
Dermatologik polimer pardalar
Dermatologik polimer paradalar mahalliy ta‘sirga ega bo‗lib, turli teri kasalliklarni:
yaralar, yallig‗lanishlar, kuygan terini davolashga mo‗l-jallangan.
Misol sifatida tarkibida chakanda moyini saqlovchi kollagen asosida tayyorlangan "Oblekol"
pardasini keltirish mumkin.
―Oblekol‖ polimer pardasining katta kichikligi 5 x 5 sm yoki 10 x 10 sm ega bo‗lib, yara
ustiga yopishritirilganda o‗zidan yara sathiga sekin-asta bir xil miqdorda ta‘sir etuvchi moddani
ajratib turadi. Undan tashqari, yarani mikroblardan ham himoya qiladi.
Kollagen bu tabiiy polimer bo‗lgaligi uchun, 2-3 kundan so‗ng o‗zi teri fermentlari bilab
parchalanadi.
Argotec developed ArgoMedPLUS kompaniyasi tomonidan poliuretan asosida elastik ,
suv va xavoni o‗tkazuvchan xususiyatga ega bo‗lgan polimer pardalar yaratilgan . Ular
zamonaviy bog‗lovchi vosita sifatida xamda yara va jaroxatlarni antimikrob moddalar bilan
7
Kok Khiang Peh, Choy Fun Wong School of Pharmaceutical Sciences, University of Science Malaysia,
Penang, Malaysia https://sites.ualberta.ca/~csps/JPPS2(2)/K.Peh/Polymeric-Peh.pdf
136
ta‘minlash uchun samarali vosita sifatida taklif etilgan
.
8
Do'stlaringiz bilan baham: |