Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi biofarmatsiya


Polimer dorivor parda dori turini rivojlanish istiqbollari



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/172
Sana04.01.2023
Hajmi4,05 Mb.
#897577
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   172
Bog'liq
БФ мажмуа 2020й pdf — копия

Polimer dorivor parda dori turini rivojlanish istiqbollari: 
Qator afzalliklariga ega bo‗lgan sababli PDP tibbiyotning turli sohalarida dorivor 
terapiyaning samaradorligini oshirish imkoniyatini beradi. Birinchi navbatda bu dermatologiya 
amaliyotiga taalluqli. Ma‘lumki, turli jaroxatlarni davolashda va jarrohlik operatsiyalaridan 
keyingi epitelizatsiya jarayonlarini faollashtirish va jarohatga ikkilamchi infeksiya tushmasligi 
muhim omillardan biri hisoblanadi. Bu muammoni bartaraf etishda doka asosidagi an‘anaviy 
bog‗lov materiallarining kamchiligi – ular jarohatni bitishini sekinlashtiradi. Bunday kamchilikni
yo‗qotish uchun qator gidrofil asosli pardalar taklif etilgan bo‗lib, ular o‗zida turli antibakterial, 
antiseptik, regeneratsiya jarayonlarini faollashtiruvchi moddalar saqlaydi. Bunga misol sifatida 
xlorgeksidin biglyukonat saqlovchi turli PDP keltirish mumkin. Hozirda keng qo‗llaniladigan 
mahalliy antiseptik modda – xlorgeksidin biglyukonat aerob (grammanfiy va grammusbat) 
hamda anaerob bakteriyalar, Candida zamburug‗i va dermatomitsetda, teri – tanosil kasalligidagi 
– treponema, gonokokk va trixomonadalarga nisbatan samaralidir. Shuni hisobga olgan xolda 
xozirda qator majmuaviy xlorgeksidin biglyukonatni saqlovchi PDP taklif etilgan. Dori turlari 
texnologiyasi kafedrasi ilmiy tekshirish ishlari yo‗nalishlaridan biri bu faol substansiyalarni 
polimer dori pardalar shaklida ishlab chiqarishdir. Ulardan M.A. Xodjaeva tomonidan
antibakterial, antiseptik, yallig‗lanishga qarshi, regeneratsiya jarayonlarini faollashtiruvchi 
preparatlar majmuasini polimer dorivor pardalar sifatida ishlatish maqsadga muvofiqligi 
ko‗rsatildi. Muallif tomonidan tarkibida antibakterial modda levomitsetin, regenerativ 
jarayonlarni stimullovchi metiluratsil va antiseptik ta‘sirni namoyon etuvchi xlorgeksidin 
saqlovchi ―Levomeksidin‖ shartli nomi ostida turli jaroxatlarni, yaralarni davolash uchun 
mo‗ljallangan dermatologik polimer parda texnologiyasi ishlab chiqilgan. Mikrobiologik 
tadqiqotlar natijalariga ko‗ra, preparatning Escherichia coli, Staphylococcus aureus, 
Pseudomonas aeruginosa, Candida albicans turidagi mikroorganizmlarga nisbatan mikrobiologik 
faolligi tasdiqlangan.
Qator magistrlar dissertatsiya ishlari ham shu mavzuga bag‗ishlangan. Masalan, 
R.A.Abdullaeva dissertatsiya ishi ―Jag‗-jag‗ va tirnoqgul va ajratmalari asosida stomatologik 
pardalar texnologiyasini ishlab chiqish», L.U.Gapparova ―Propolis nastoykasi asosida 
dermatologik polimer dori pardalar yaratish‖ bo‗yicha ilmiy izlanishlar olib bordilar.
Reshetov I.V. va xammualliflar tomonidan lizotsim va xlorgeksidin biglyukonat tarkibli 
majmuaviy polimer pardalar yaralarni davolash uchun taklif etilgan. 
Boykova Z.K. va xammualliflarning tadqiqotlari natijasida tarkibida yod saqlovchi vinil 
spirtining sopolimerlari asosida teri kasalliklarida qo‗llash uchun mo‗ljallangan dermatologik 
PDP lar ishlab chiqilgan. 
Hozirda «Op-sayt» nomli shaffof gidrofil polimer pardalar taklif etilgan. Ular jaroxat 
yuzasiga yopishib qolmasdan, epitelizatsiya jarayonlarini tezlashtirib kislorod o‗tkazish 
xususiyatiga ega . 
Sarimsakov A.A. va xammualliflar tomonidan tarkibida kumushning nanozarrachalarini 
saqlovchi bioeruvchan PDPlar texnologiyasi taklif etilgan.
Oftalmologiya amaliyotida ko‗z dorivor pardalari mahalliy ko‗z tomchilari o‗rniga va 
ta‘siri uzaytirilgan dori moddasining kon‘yuktiv xalta to‗qimasining yuzasida uzoq muddat 
davomida kontaktda bo‗lishi tufayli keng qo‗llaniladi. Ko‗z dorivor pardalari – steril polimer 
parlalar bo‗lib, tarkibida ko‗z yosh suyuqligida asta –sekin eruvchi, aniq belgilangan dozadagi 
dori moddasini saqlaydi. Bunda ko‗z dorivor pardalarining prolongirlangan effektiga ko‗z yosh 
suyuqligidagi polimer asosini bo‗kish tezligini o‗zgarishi va uni erishi faol substratni 
boshqariladigan tartibda ajralib chiqishi orqali, organizm biopolimerlari bilan kooperativ o‗zaro 
ta‘sirni namoyon etishi orqali erishiladi. 
Hozirda qator oftalmologiyada keng qo‗llaniladigan biologik faol moddalarning PDP lari 
yaratilgan. Ulardan emoksipin, apilak, florenal, pilokarpin va vitaminlar, atropin, dikain, 
kanamitsin, sulfapiridazin, fibrinolizin, deksametazon, taufon, va neomitsin sulfat saqlovchi
ko‗z pardalarini keltirish mumkin.


139 
Respublikamizda shu yo‗nalishda ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Masalan, suvda 
eruvchan polisaxarid va virusga qarshi xususiyatli, interferonni induksiyalash xususiyatiga ega 
bo‗lgan SelAgrip substansiyasi asosida ko‗z uchun dorivor pardalar olingan va birinchi marta 
ushbu pardalar oftalmologiya amaliyotida virusli gerpes kasalligiga qarshi samarali vosita 
ekanligi aniqlangan. Ushbu ko‗z pardalari GlazAvir deb nomlandi. 
Ma‘lumki, yurak –qon tomir kasalliklari eng ko‗p uchraydigan va turli og‗ir oqibatlarni 
keltirib chiqaradigan kasalliklardan biri hisoblanadi. Stenokardiya huruji va yurak 
etishmovchiliklarida bemorlar doimo o‗zlari bilan dori olib yurishlari, favqulotdagi holatlarda 
kerakli dozadagi dorini qabul qilib olishlari talab etiladi. Ushbu kasalliklarni davolashda 
nitrosorbidning 0,02g dozali polimer pardalari olingan. Bu pardalar uzunligi 9 mm, eni 4,5 mm 
va qalinligi 1,2 mm o‗lchamda bo‗lib, yuqori milk devoriga yopishtirib qo‗yiladi. Uning ta‘siri 5 
daqiqadan so‗ng boshlanib, 8 soatgacha davom etadi. 
Klinik stomatologiyaning erishgan yutuqlariga qaramasdan, og‗iz bo‗shlig‗ining 
yallig‗lanish kasalliklari aholi orasida keng tarqalgan bo‗lib, bu esa ushbu kasalliklarni 
davolashda yangi yanada samaraliroq va bezarar dori vositalarini yaratish zaruratini talab etadi. 
Applikatsiya holida qo‗llaniladigan stomatologik polimer pardalarning afzalligi, qo‗llash 
mobaynida hosil bo‗lgan biologik faol modda va polimer eritmasi og‗iz bo‗shlig‗ining shilliq 
qavatlarida preparatning terapevtik konsentratsiyasini ta‘minlab, zararlanish o‗chog‗ida bir tekis 
tarqaladi. 
Hozirda qator faol moddalarni saqlovchi stomatologik pardalar ishlab chiqilgan va ularni 
samaradorligi tasdiqlangan. Tarkibida atropin, dikain, sulfapiridozolin Na, kanamitsin, florenal, 
diklofenak natriy saqlovchi turli turdagi (xildagi) polimer pardalar - og‗iz bo‗shlig‗ining virusli 
infeksion kasalliklarida, og‗iz bo‗shlig‗i shilliq qavatlarining turli ko‗rinishidagi yaralarida, 
parodontozning oldini olish va davolash uchun tavsiya etilgan. 
Stomatologiya amaliyotida PDP larni qo‗llashning yana bir afzalligi, bu ularni mahalliy 
anestetiklar in‘eksiyalarini o‗rniga ishlatish mumkin. Hozirda stomatologiyada keng 
qo‗llaniladigan anestetik dikainning PDP etarli darajada maxalliy anesteziyani ta‘minlab, 
bemorlarni qo‗shimcha stomatologik manipulyasiyalardan halos etadi. 

Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish