Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi biofarmatsiya



Download 4,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/519
Sana14.01.2022
Hajmi4,04 Mb.
#362516
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   519
Bog'liq
biofarmatsiya

 
 
12- Ma'ruza 
Dorilarning biosamaradorligiga ta’sir etuvchi farmatsevtik, farmakokinetik va 
farmakodinamik omillar 
Reja: 
1. Dorilarning biosamaradorligiga ta’sir etuvchi farmatsevtik omil 
2. Dorilarning biosamaradorligiga ta’sir etuvchi farmakokineti omil 
3. Dorilarning biosamaradorligiga ta’sir etuvchi farmakodinamik omil 
 
Asosiy matn 
Zamonaviy  raqobatbardosh  dori  vositalarini  biologik  ob’ektlar  va  biologik  yuzalar  bilan 
ta’sirida  sodir  bo‘ladigan  biofarmatsevtik  jarayonlar  mexanizmini  chuqur  tushunmasdan  dori 
preparatlarini  yaratish  mumkin  emas  (qon,  oqsil,  to‘qimalar,  shilliq  qavat,  teri  va  hakozo). 
Farmakokinetika  dori  moddalarining  biosuyuqliklarda  va  organlarda  sifat  va  miqdor 
o‘zgarishlarini  so‘rilish,  taqsimlash,  biotransfarmatsiya  va  dori  moddalarning  organizmdan 
chiqarish bosqichlarini o‘z ichiga olgan holda o‘rganadi. Biofarmatsiya famakokinetikadan farqli 
ravishda  faqatgina  bu  jarayonlarining  sodir  bo‘lish  sharoitlarini  o‘rganadi.  Zamonaviy 
biofarmatsevtik tadqiqotlar preparatlarning farmakokinetik xarakteristikalari bilan bog‘liqligi va 
fizik-kimyoviy  parametrlari,  dori  shakllari  va  ularni  yuborish  yo‘llari,  yordamchi  moddalar  va 
texnologik  jarayonlarni  tanlash  kabilarga  yo‘naltirilgan.  Dori  preparatlarini  yaratishda 
farmakokinetikaning o‘rni, hamda dori vositalarining farmakodinamik va farmakokinetik aspekt-
lari  N.Ya.Golovenko,  A.I.Tensova,  A.D.Nazarov,  V.V.Chistyakov,  V.A.Gorkov,  X.U.Aliev, 
S.M.Mahkamov,  M.U.Usubbaev,  X.K.Jalilov,  X.M.Yunusova,  M.M.Mirolimov,  Z.A.Nazarova, 
K.S.Mahmudjonova,  F.Kozjek,  S.Primozic,  E.Zathurecky,  P.G.Welling,  J.T.Dolusio  va 
boshqalar  ishlarida  har  tomonlama  yoritilgan.  Preparatlarning  farmakologik  ta’siri  darajasi, 
avvalambor,  orgnizmga  so‘rilgan  dori  moddasining  miqdoriga  bog‘liq.  O‘z  navbatida  so‘rilish 
jarayoniga  dori  shakli  va  uning  yuborilish  yo‘li,  dori  vositasini  ajralib  chiqishi  va 
transportirovkasini  ta’minlovchi  to‘g‘ri  tarkib  tanlash  o‘z  ta’sirini  ko‘rsatadi.  Dori 
preparatlarining  terapevtik  ta’sir  ko‘rsatishi  uchun,  dori  moddalarini  uning  farmakologik  ta’siri 
sodir bo‘lishi lozim bo‘lgan kerakli organ va to‘qimalarga etkazish kerak. Jarohatlangan organga 
dori  vositalari  transport  sistemasi  bo‘lgan  qon  orqali  yetkaziladi.  Dori  moddalari  ichki  tomir 


37 
 
orqali  yuborilganda  darhol  va  to‘liq  qonga  oqimiga  tushadi.  Boshqa  yo‘llar  bilan  yuborilganda 
qon  oqimiga  tushishdan  oldin  dori  moddalari  bilogik  membrana  hujayralari  va  gistogematik 
to‘siqlardan  o‘tishi  kerak  bo‘ladi.  Ajralib  chiqqan  dori  moddalari  diffuziya  yo‘li  bilan  ustki 
qatlamga  so‘riladi.  So‘rilish  jarayoni  organizmning  oqsili  bilan  yoki  sitoz  yo‘li  orqali,  passiv 
diffuziya  yordamida  sodir  bo‘ladi.  Dori  moddalarining  so‘rilishi  membrana  hujayralarining 
tuzulishiga bog‘liq. To‘rt turdagi membrana hujayralari bo‘ladi: 
 g‘ovakli  –  moddalarning  konveksiya  va  molekulyar  diffuziyasi  suv  to‘ldirilgan  teshiklar 
orqali amalga oshadi; 
 g‘ovakli  va  yarim  o‘tkazgich  qatlamli  –  nisbatan  katta  massali  noelektrolit  molekulalar 
diffuziyasi sodir bo‘lishi mumkin; 
 g‘ovaklikka  ega  emas  –  faqat  yog‘da  eruvchi  ionlashmagan  molekulalar  diffuziyasi 
bo‘lishi mumkin; 
 g‘ovaksiz  -  faol  transport  maxsus  moddalar  tashuvchi  molekulalar  yordami  bilan  sodir 
bo‘lishi  mumkin.  Yirik  va  qiyin  eruvchan  molekulalar  transporti,  membranalar  harakati 
yordamida  va  ultramikroskopik  zarrachalar  atrofida  pufakchalar-vakuollar  paydo  bo‘lishi 
yordamida  –  pinotsitoz  yo‘li  orqali  amalga  oshiriladi.  Farmakokinetik  jarayonlar  o‘ziga  xos 
xususiyatlarga  ega  bo‘lib,  ularning  mos  holdagi  ko‘rsatkichlari  ko‘p  omillarga  bog‘liq. 
Farmakokinetikaning  hamma  bosqichlari  uchun  quyidagi  umumiy  fundametal  xarakteristikalari 
mavjud:  
-dori preparatining tuzilishi va fizik-kimyoviy xususiyatlari;  
-muhit, uning eruvchanlik qobiliyati, dissotsiatsiya; 
 -biologik membrananing turi; 
-hujayra va to‘qimali o‘tkazuvchanlik (diffuziya, faol transport, sitoz) 
Farmakokinetik  parametlarni  tahlil  qilishda  organizmning  ma’lum  qismida
 
topilgan 
preparat konsentratsiyasini aniqlash muammo hisoblanadi 
Biologik  membranalar  uch  qatlamli  tuzilishga  (oqsil  –  lipid  –  oqsil)  egaligini  inobatga  olgan 
holda, dori moddalarining ikki marotaba eruvchanlikka ega bo‘lish kerak, ya’ni bu jarayon ham 
suvli
,  ham 
lipid
  fazasida  amalga  oshishi  zarur.  Farmatsiyada  bu  xossali  bog‘lanish  xususiyati 
lipofil
  deb  yuritiladi.  Lipofil  ionga  qarshi  ionlarni  iishlatish  yo‘li  orqali 
ionogen  gidrofil
  dori 
vositalirining  so‘rilishini  oshirish  mumkin.  Dori  moddalarning  tansdermal  yetkazishning 
tezlatishda 
promotorlar
 deb nomlanuvchilar yordamga yyetib kelishadi. Zamonaviy tahminlarga 
ko‘ra dori moddalarining optimal fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari mavjud: 
-proton donor-guruhlaring miqdori 5dan yuqori; 
-proton akseptor-guruhlarning miqdori 10 dan yuqori; 
-log P1 > 50 dan; 
-molekulyar massasi 500 dan yuqori.  
Hozirgi  kunda  farmakokinetikaning 
yangi
  yo‘nalishi  - 
“stereofarmakokinetika”
  rivojlanyapti. 
Dori  preparati  organizmdan  metabolit  ko‘rinishida  yoki  o‘zgarmagan  holda  chiqib  ketishi 
mumkin. Dori moddalarning 
eliminatsiyasi
 buyrak, ter orqali,tupuk va sut bezlari va axlat bilan 
chiqib  ketishi  mumkin.  Juda  ko‘p  dori  preparatlari  buyrak  va  oshqozon-ichak  orqali 
organizmdan  chiqarib  yuboriladi.  Dori  preparatining  fizik-kimyoviy  xossalaridan  tashqari 
ekskretsiyaga  uning  molekulyar  massasi  ham  katta  ahamiyatga  ega.  Masalan,  peshob  orqali 
molekulyar  massasi  300  dan  kam  bo‘lgan  dori  moddalari  chiqarib  yuborilar  ekan.  Agarda 
molekulyar  massa  300  dan  ortiq  bo‘lsa,  dorivor  moddalarning  proporsional  qismi  o‘t  suyuqligi 
orqali  chiqarib  yuborilar  ekan.  Farmakokinetik  tadqiqotlarda  barcha  dori  moddalari  kimyoviy 
tuzilishiga  mos  holda  shartli  ravishda 
“qattiq”
  va 
“yumshoq”
  dori  vositalariga  bo‘linadi. 
“Qattiq” dorilar fermentlar bilan o‘zaro ta’sirga uchrab, ksenobiotiklarni metabolizmida 
kataliz 
vazifasini bajaradi. “Yumshoq” dorilar metabolizmga uchrashga moyil hisoblanadi. Bunday dori 
preparatlarini  yaratishda  asosiy  masala  ularning  metabolizmi  yo‘lini  topish  va  unga  sharoit 
yaratish  hisoblanadi  va  bu  jarayonni  boshqarish  imkoni  yaratiladi.  Shu  maqsadda  bir  qator 
analitik  tahlil  usullari  ishlab  chiqilgan.  Ammo  keltirilgan  usullar  dori  moddalarining 
metabolizmiga yalpi 
skrining
 bo‘la olmaydi. Birikmalarning metabolik transformasiyasida asosiy 


38 
 
muammo molekulalarning bioximik turg‘unligini bashorat qilish bo‘ladi. Bu muammoni yechish 
uchun  fermentologiya  (enzimlarning  faol  markazlari)  va  kimyo  (moddalarning  strukturasi  va 
fizik-kimyoviy xossasi) sohasi bo‘yicha bilimga ega bo‘lish lozim. Bugungi kunda molekulaning 
barcha  qismi  bo‘yicha  yorituvchi  algoritmni  ishlab  chiqish  mumkin  bo‘lgan  nazariya  va  model 
yo‘q. Bir qator olimlar fikricha (M.YA.Golovenko va boshq.), dori preparati yaratishda transfer 
joyni  modifikatsiya  qilish  holatida  molekulaning  effektofor  qismini  buzmaslik  kerak.  Shunday 
qilib, 
molekulyar  dizaynning
  umumiy  sxemasida  va  yangi  yaratilayotgan  dori  preparatini 
o‘rganishda 
“ligand-  biologik  o‘q”
  mexanizmining  o‘zaro  ta’sirini  va  organizmda  uning 
metabolizm jarayonlarini kompleks holda hisobga olish kerak. 

Download 4,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   519




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish