Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi biofarmatsiya


Polimer dorivor parda dori turini rivojlanish istiqbollari



Download 4,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet432/519
Sana14.01.2022
Hajmi4,04 Mb.
#362516
1   ...   428   429   430   431   432   433   434   435   ...   519
Bog'liq
biofarmatsiya

Polimer dorivor parda dori turini rivojlanish istiqbollari: 
Qator  afzalliklariga  ega  bo‘lgan  sababli  PDP  tibbiyotning  turli  sohalarida  dorivor 
terapiyaning  samaradorligini  oshirish  imkoniyatini  beradi.  Birinchi  navbatda  bu  dermatologiya 
amaliyotiga  taalluqli.  Ma’lumki,  turli  jarohatlarni  davolashda  va  jarrohlik  operatsiyalaridan 
keyingi  epitelizatsiya  jarayonlarini  faollashtirish  va  jarohatga  ikkilamchi  infeksiya  tushmasligi 
muhim  omillardan  biri  hisoblanadi.  Bu  muammoni  bartaraf  etishda  doka  asosidagi  an’anaviy 
bog‘lov materiallarining kamchiligi – ular jarohatni bitishini sekinlashtiradi. Bunday kamchilikni 
yo‘qotish uchun qator gidrofil asosli pardalar taklif etilgan bo‘lib, ular o‘zida turli antibakterial, 
antiseptik,  regeneratsiya  jarayonlarini  faollashtiruvchi  moddalar  saqlaydi.  Bunga  misol  sifatida 


222 
 
xlorgeksidin  biglyukonat  saqlovchi  turli  PDP  keltirish  mumkin.  Hozirda  keng  qo‘llaniladigan 
mahalliy  antiseptik  modda  –  xlorgeksidin  biglyukonat  aerob  (grammanfiy  va  grammusbat) 
hamda anaerob bakteriyalar, Candida zamburug‘i va dermatomitsetda, teri – tanosil kasalligidagi 
–  treponema,  gonokokk  va  trixomonadalarga  nisbatan  samaralidir.  Shuni  hisobga  olgan  holda 
hozirda  qator  majmuaviy  xlorgeksidin  biglyukonatni  saqlovchi  PDP  taklif  etilgan.  Dori  turlari 
texnologiyasi  kafedrasi  ilmiy  tekshirish  ishlari  yo‘nalishlaridan  biri  bu  faol  substansiyalarni 
polimer  dori  pardalar  shaklida  ishlab  chiqarishdir.  Ulardan  M.A.  Xodjaeva  tomonidan 
antibakterial,  antiseptik,  yallig‘lanishga  qarshi,  regeneratsiya  jarayonlarini  faollashtiruvchi 
preparatlar  majmuasini  polimer  dorivor  pardalar  sifatida  ishlatish  maqsadga  muvofiqligi 
ko‘rsatildi.  Muallif  tomonidan  tarkibida  antibakterial  modda  levomitsetin,  regenerativ 
jarayonlarni  stimullovchi  metiluratsil  va  antiseptik  ta’sirni  namoyon  etuvchi  xlorgeksidin 
saqlovchi  “Levomeksidin”  shartli  nomi  ostida  turli  jarohatlarni,  yaralarni  davolash  uchun 
mo‘ljallangan  dermatologik  polimer  parda  texnologiyasi  ishlab  chiqilgan.  Mikrobiologik 
tadqiqotlar  natijalariga  ko‘ra,  preparatning  Escherichia  coli,  Staphylococcus  aureus, 
Pseudomonas aeruginosa, Candida albicans turidagi mikroorganizmlarga nisbatan mikrobiologik 
faolligi tasdiqlangan.  
Qator  magistrlar  dissertatsiya  ishlari  ham  shu  mavzuga  bag‘ishlangan.  Masalan, 
R.A.Abdullaeva  dissertatsiya  ishi  “Jag‘-jag‘  va  tirnoqgul  va  ajratmalari  asosida  stomatologik 
pardalar  texnologiyasini  ishlab  chiqish»,  L.U.Gapparova  “Propolis  nastoykasi  asosida 
dermatologik polimer dori pardalar yaratish” bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bordilar.  
Reshetov  I.V.  va  xammualliflar  tomonidan  lizotsim  va  xlorgeksidin  biglyukonat  tarkibli 
majmuaviy polimer pardalar yaralarni davolash uchun taklif etilgan. 
Boykova  Z.K.  va  xammualliflarning  tadqiqotlari  natijasida  tarkibida  yod  saqlovchi  vinil 
spirtining  sopolimerlari  asosida  teri  kasalliklarida  qo‘llash  uchun  mo‘ljallangan  dermatologik 
PDP lar ishlab chiqilgan. 
Hozirda  «Op-sayt»  nomli  shaffof  gidrofil  polimer  pardalar  taklif  etilgan.  Ular  jarohat 
yuzasiga  yopishib  qolmasdan,  epitelizatsiya  jarayonlarini  tezlashtirib  kislorod  o‘tkazish 
xususiyatiga ega . 
Sarimsakov  A.A.  va  xammualliflar  tomonidan  tarkibida  kumushning  nanozarrachalarini 
saqlovchi bioeruvchan PDPlar texnologiyasi taklif etilgan.  
Oftalmologiya  amaliyotida  ko‘z  dorivor  pardalari  mahalliy  ko‘z  tomchilari  o‘rniga  va 
ta’siri  uzaytirilgan  dori  moddasining  kon’yuktiv  xalta  to‘qimasining  yuzasida  uzoq  muddat 
davomida  kontaktda  bo‘lishi  tufayli  keng  qo‘llaniladi.  Ko‘z  dorivor  pardalari  –  steril  polimer 
parlalar  bo‘lib,  tarkibida  ko‘z  yosh  suyuqligida  asta  –sekin  eruvchi,  aniq  belgilangan  dozadagi 
dori moddasini saqlaydi.  Bunda ko‘z dorivor pardalarining prolongirlangan effektiga  ko‘z  yosh 
suyuqligidagi  polimer  asosini  bo‘kish  tezligini  o‘zgarishi  va  uni  erishi  faol  substratni 
boshqariladigan tartibda ajralib chiqishi orqali, organizm biopolimerlari bilan kooperativ  o‘zaro 
ta’sirni namoyon etishi orqali erishiladi. 
Hozirda  qator  oftalmologiyada  keng  qo‘llaniladigan  biologik  faol  moddalarning  PDP  lari 
yaratilgan.  Ulardan  emoksipin,  apilak,  florenal,  pilokarpin  va  vitaminlar,  atropin,  dikain, 
kanamitsin, sulfapiridazin, fibrinolizin, deksametazon, taufon, va neomitsin sulfat saqlovchi ko‘z 
pardalarini keltirish mumkin.  
Respublikamizda  shu  yo‘nalishda  ilmiy  izlanishlar  olib  borilmoqda.  Masalan,  suvda 
eruvchan  polisaxarid  va  virusga  qarshi  xususiyatli,  interferonni  induksiyalash  xususiyatiga  ega 
bo‘lgan  Selagrip  substansiyasi  asosida  ko‘z  uchun  dorivor  pardalar  olingan  va  birinchi  marta 
ushbu  pardalar  oftalmologiya  amaliyotida  virusli  gerpes  kasalligiga  qarshi  samarali  vosita 
ekanligi aniqlangan. Ushbu ko‘z pardalari Glazavir deb nomlandi. 
Ma’lumki,  yurak  –qon  tomir  kasalliklari  eng  ko‘p  uchraydigan  va  turli  og‘ir  oqibatlarni 
keltirib  chiqaradigan  kasalliklardan  biri  hisoblanadi.  Stenokardiya  xuruji  va  yurak 
etishmovchiliklarida  bemorlar  doimo  o‘zlari  bilan  dori  olib  yurishlari,  favqulotdagi  holatlarda 
kerakli  dozadagi  dorini  qabul  qilib  olishlari  talab  etiladi.  Ushbu  kasalliklarni  davolashda 
nitrosorbidning 0,02g dozali polimer pardalari olingan. Bu pardalar uzunligi 9 mm, eni 4,5 mm 


223 
 
va qalinligi 1,2 mm o‘lchamda bo‘lib, yuqori milk devoriga yopishtirib qo‘yiladi. Uning ta’siri 5 
daqiqadan so‘ng boshlanib, 8 soatgacha davom etadi. 
Klinik  stomatologiyaning  erishgan  yutuqlariga  qaramasdan,  og‘iz  bo‘shlig‘ining 
yallig‘lanish  kasalliklari  aholi  orasida  keng  tarqalgan  bo‘lib,  bu  esa  ushbu  kasalliklarni 
davolashda yangi yanada samaraliroq va bezarar dori vositalarini yaratish zaruratini talab etadi. 
Applikatsiya  holida  qo‘llaniladigan  stomatologik  polimer  pardalarning  afzalligi,  qo‘llash 
mobaynida  hosil  bo‘lgan  biologik  faol  modda  va  polimer  eritmasi  og‘iz  bo‘shlig‘ining  shilliq 
qavatlarida preparatning terapevtik konsentratsiyasini ta’minlab, zararlanish o‘chog‘ida bir tekis 
tarqaladi. 
Hozirda  qator  faol  moddalarni  saqlovchi  stomatologik  pardalar  ishlab  chiqilgan  va  ularni 
samaradorligi  tasdiqlangan. Tarkibida  atropin, dikain,  sulfapiridozolin Na, kanamitsin, florenal, 
diklofenak natriy saqlovchi turli turdagi (xildagi) polimer pardalar - og‘iz bo‘shlig‘ining virusli 
infeksion  kasalliklarida,  og‘iz  bo‘shlig‘i  shilliq  qavatlarining  turli  ko‘rinishidagi  yaralarida, 
parodontozning oldini olish va davolash uchun tavsiya etilgan. 
Stomatologiya  amaliyotida  PDP  larni  qo‘llashning  yana  bir  afzalligi,  bu  ularni  mahalliy 
anestetiklar  in’eksiyalarini  o‘rniga  ishlatish  mumkin.    Hozirda  stomatologiyada  keng 
qo‘llaniladigan  anestetik  dikainning  PDP  yetarli  darajada  mahalliy  anesteziyani  ta’minlab, 
bemorlarni qo‘shimcha stomatologik manipulyasiyalardan xalos etadi. 

Download 4,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   428   429   430   431   432   433   434   435   ...   519




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish