Ishni bajarish tartibi
:
Eritmalarni tayyorlash quyidagi bosqichdan iboratdir:
a)
"A" va "B" ro‘yxatiga kiruvchi moddalarning dozasini tekshirish;
b)
erituvchining miqdorini aniqlash;
v)
eritish;
g)
filtrlash, suzish;
d)
jixozlash;
e)
sifatini baholash
Misol uchun:
Rp: Solutionis Cupri sulfatis 2% - 200 ml
D.S. Yuvish uchun.
Mis sulfat suvda yaxshi eriydi (1:3), lekin kristallari yirik va yomon xo‘llanish xossasiga ega
bo‘lgani uchun erish sekin boradi. Bu jarayonni tezlashtirish uchun mis sulfatni xovonchada
maydalanadi va issiq 80-90°C suv ishtirokida eritiladi. Tayyor eritma shisha idishga paxta orqali
suzib beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |