7. Joylashtirilishi.
Poroshoklar asosan qog‘oz kapsulalarga qadoqlanadi. Namlikni o‘ziga tortadigan, uchuvchan va o‘tkir hidli moddalar qo‘shib tayyorlangan poroshoklar mumli va parafinli kapsulalarga qadoqlanadi. Yog‘simon moddalar pergament kapsulalarga o‘rab beriladi.
Тashqi muhitda o‘zgaruvchan, noxush mazaga ega bo‘lgan va bo‘yovchi moddalar mumli, kraxmalli, jelatinli kapsulada beriladi.
Dozalarga bo’linmagan poroshoklar qogoz xaltachada, karton qutichada, ayrim hollarda shisha idishda, dori moddasini fizik-kimyoviy xossalariga etibor bergan holda beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |