Mazkur oilaning yana bir e’tiborga molik turlaridan biri bu – avokado (Persea gratissima) bo‘lib, uning Vatani Markaziy Amerika sanaladi. Bu doim yashil mevali daraxtdir. Avokadoning mevasi noksimon shakldagi bir urug‘li rezavor meva, uning og‘irligi taxminan 150-200 g atrofida bo‘lib, sariq yashil etdor mevasining tarkibida 1,6% protein, 10-30% yog‘, V, E va D vitaminlari hamda ko‘p miqdorda karotinlar bo‘ladi. Avokado mevasi boshqa ko‘plab mevalardan o‘zining to‘yimliligi jihatidan 2-2,5 marta ustan turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |