Miqdorini aniqlash. UB-SF va GSX usulda amalga oshiriladi.
TOLUOLNING TAHLILI
I-kimyoviy usullarda tahlili
1. Nitrobirikma hosil qilish reaksiyasi. Benzol va uniig hosilalarini aniqlash uchun tekshiriluvchi qoldiqni konsentrlangan sulfat kislota va ammoniy nitrat aralashmasi bilan uzoq vaqt qizdiriladi, bunda nitrobirikma hosil bo‘lib, aralashmadan ularga xos – achchiq bodom mag‘ziga o‘xshash hid kela boshlaydi. Hosil bo‘lgan nitrobenzol hosilalari atseton ishtirokida natriy ishqorining spirtli eritmasi ta’sirida ko‘kimtir-binafsha rangga bo‘yaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |