Laboratoriya mashg`ulotlari kerakli jihozlar bilan ta`minlangan auditoriyalarda har bir akadem guruhga alohida o`tiladi. Mashg`ulotlar faol va interfaol usullar yordamida o’tiladi, “Keys-stadi” texnologiyasidan foydalaniladi, vaziyatli masalalar o`qituvchi tomonidan belgilanadi. Laboratoriya mashg’ulotlari ustida ish olib borilganda talabalar avval giyohvand vositalar va psixotrop moddalarning kam miqdorda bo’lgan hollarda qanday reaksiyalar va usullar yordamida chinligi va miqdorini aniqlash usullarini o’rganadilar, so’ngra ularni ob`ektdan tegishli usul yordamida ajratadilar, yot moddalardan tozalaydilar va ularga xos bo’lgan tekshiruv yo’llarini qo’llaydilar. Bu ishlarni olib borishda har bir talaba aniq tahlil rejasini tuzib olmog’i lozim.