Chinligini aniqlash. 1. Promedol umumiy cho‘ktiruvchi reaktivlar bilan turli rangdagi va agregat holatdagi cho‘kmalarni hosil qiladi.
2. Marki reaktivi bilan reaksiyasi. Marki reaktivi promedol bilan to‘q qizil rang hosil qiladi. Reaksiyaning sezgirligi 10 mkg promedolga teng.
3. Pikrin kislotasi bilan reaksiyasi. Promedol pikrin kislotasi bilan molekuladagi uchlamchi azot hisobiga sariq rangli qo‘sh molekulyar birikma cho‘kma hosil qilib cho‘kadi.
4. Promedolni yupqa qatlam xromatografik usulda aniqlash. Unda metil spirti va muzlovchi sirka kislotaning (9:1) nisbatdan iborat sistemasidan hamda tasdiqlovchi reagent sifatida Dragendorf reaktivi purkalsa sarg‘ish rangdagi dog‘ hosil bo‘ladi va u standart promedol dog‘iga solishtirib aniqlanadi.
5. UB-spektri bo‘yicha aniqlash: 0,1 n xlorid kislotadagi eritmasi 251, 257 nm va 263 nm to‘lqin uzunligiga teng spektrlar hosil qiladi.
6. IQ- spektrlari. Promedol 186, 42, 201, 56, 57, 187, 202, 71 cm−1 ga teng spektrlar hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |