KSIKAIN. LIDOKAINGIDROXLORID
Xycainum. Lidocaini hydrochloridum
Ksikain taxir mazali, oq yoki bir oz sarg‘imtir, oq kristall kukun bo‘lib, suvda, 95% spirtda va
atsetonda engil eriydi. Efirda esa erimaydi. U 128-129°C haroratda suyuqlanadi. Preparat yorug‘likka
chidamsiz bo‘lib, uning ta’sirida uzoq tursa, oksidlanib sarg‘ayadi.
Toksikologik ahamiyati
Markaziy nerv sistemasining qo‘zg‘aluvchanligi oshadi. Kuchli bosh og‘rishi
Eyforiya, uyquchanlik, yorug‘likdan qo‘rqish
Eshitish qobiliyatining yomonlashishi, lab va tilning falajlanishi,
Nafas olish muskullarini falajlanishi
Tana haroratining tushishi, isitmachiqish xisi va qaltirash
Kuchli yurak etishmovchiligi (kollaps holati) kelib chiqadi.
Allergik reaksiyalar (qichima, shish, eritema)
Do'stlaringiz bilan baham: |