Suv omborlari O‗zbekiston suv resurslari tizimini boshqarishni shakllantirishda muhim
ahamiyatga ega ekanligini alohida ta‘kidlamoq maqsadga muvofiq. Mamlakatda suvning
kamayishi va ko‗payishi (gidrologik ekstremum) hamda suv resurslarining hajmi doimiy
nazorat ostiga olingan. Ayni paytda mamlakatda ko‗p suv omborlari mavjud.
O‗zbekiston Respublikasi uchun jami ajratilgan suvning 92,5%i qishloq xo‗jaligiga,
5,2%i maishiy xizmat sohasiga, 1,4 %i sanoat sohasiga, 0,7 %i baliqchilikka va qolgan 0,2%i
energetika sohalariga ishlatiladi. Demak, respublikamizningdehqonchilik qilinadigan erning
98 foizi yoki 4,3 mln. gektari sug‗oriladigan maydonlar bo‗lib, jami ajratilgan suvning 92,5
foizi sug‗orishga ishlatiladi va sug‗orish natijasida paxta, don, makka, meva va sabzavot,
kartoshka, uzum va boshqa qishloq xo‗jaligi mahsulotlari etishtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |