texnikaning eng sunggi yutuklaridan foydalanib kurish samarali natijalar beradi. Tabiiy
boyliklarni tejash, xalk xujaligining yonilgi, energiya, xom ashyo va materiallarga bulgan
ortib boruvchi extiyojini kanoatlantirishda xal etuvchi omil xisoblanadi.
Bizning nazarimizda, atrof-muxitni ximoya etish va tabiiy resurslarni tiklash
masalasida kuyidagilar e‘tiborga olinishi kerak:
Maxaliiy va global ekoloik manitoring, ya‘ni atrof-muxitning muxim xarakteristkalari
xolatini, suv, tuprok, atmosferadagi zararli moddalarning konsentratsiyasini nazorat kilish
va ulchash;
Urmonlarni
tiklash va yongin, zararkundalar,
kasalliklardan muxofaza kilish;
Kurikxonalar, etalon ekotizimlar, bebaxo tabiiy majmuilarni kengaytirish va ular sonini
kupaytirish;
Usimlik va xayvonlarning noyob turlarini
saklash xamda kupaytirish;
Axolining ekologik ma‘rifati va madaniyatini yuksaltirish;
Tabiatga yangicha munosabatni shakllantirish buyicha inson faoliyatining barcha
soxalarida faol ishlar olib borish, tabiatdan okilona foydalanish va tabiatni asrash
texnoloiyasini ishlab chikishgina bugungi kundagi ekologik muammolarni xal etishga
kolaversa, tabiat bilan uygun munosabatda bulishga kumaklashadi.
Ekologik ekspertiza – bu geografik muxitning biologik kismiga ta‘sirini baxolashdir.
Ekspertiza ilmiy tekshirish yoki loyixalash institutlari tomonidan taklif kilinayotgan
loyixalarni urganish va ularni amalga oshirish maksadga kanchalik muvofik ekanligini
aniklab, chukur asoslangan xulosa berishdan iboratdir. Ekspertiza jaryonida korxonaning atrof
muxitga, odamlarning sogligiga ta‘sir kilishi jiddiy e‘tiborga olinadi.
Ekspertiza turli darajalarda amalga oshiriladi:davlat ekspertizasi, ilmiy va jamoatchilik
ekspertizasi, vazirliklar ekspertizasi va boshkalar. Ekspertiza Uzbekiston Respublikasi
Tabiatni muxofaza kilish Davlat Kumitasi tomonidan belgilanadi. Mazkur kumitada ekologik-
geografik ekspertiza boshkarmasi faoliyat kursatadi. Taklif kilinayotgan loyixaning mazmuni,
kanday tadbirlar amalga oshirilishiga karab, shu soxaning etakchi mutaxassislari u bilan
tanishib chikib, uz muloxazalarini bildiradilar. Masalan, tog daryolarida yirik suv ombori
kurilishi loyixasi ekspertizaga topshirilgan bulsa, u xolda muxandis-gidrotexniklar,
gidrologlar,
gidrobiologlar,
ekologlar,
geograflar,
urmonchilar,
iktisodchilar,
xukukshunoslardan iborat gurux tashkil kilinadi va ular loyixa buyicha uzlarining takliflarini
tayyorlaydilar.
80-yillarga kadar Uzbekistonda kurilgan sanoat korxonalari ekologik-geografik
ekspertizadan rasmiy ravishda deyarli utkazilmagan. Albatta, korxona biror joyga kurilishi
lozim topilganda usha joyning muxandis-geologik, gidrogeologik va gidrologik sharoitlari
birmuncha xisobga olingan, lekin korxona keltiradigan zararli okibatlar deyarli xisobga
olinmagan. SHuning uchun axoli zich yashaydigan CHirchik, Oxangaron, Fargona
vodiylarida sanoat korxonalarining salbiy ta‘siri tufayli atmosfera xavosi va suv xavzalari
boshka rayonlarga nisbatan kuprok ifloslangan.
Endilikda, ayniksa, Uzbekiston mustakillikka erishgandan sung, yangi sanoat
korxonalari ekologik me‘yorlarga mos xolda joylashtirish, mavjud korxonalar ishlab
chikarayotgan maxsulotlar, atrof muxitga chikarilayotgan chikindilar masalasi atroflicha taxlil
kilinib, texnologik jarayonlarni mukammallashtirish, gaz va changni tutib koluvchi, ularni
tozalovchi zamonaviy moslamalarni urnatishga katta axamiyat berilmokda.
O‗zbekistan Respublikasining ekologik xavfeizligini ta‘minlash strategiyasi milliy
xavfsizlik Konsepsiyasi va O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan ekologik
soxadagi shaxs, jamiyat va davlatning muxim xayotiy manfaatlaridan kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: