Er usti suvining ifloslanishi keng tarqalgan bo‗lib er osti, jumladan quduq suvining sezilarli
darajada ifloslanishiga olib keladi. Suvning ifloslanishi kasallik (buyrak kasalliklari,
onkologiya va o‗tkir infeksiyali kasalliklar) ko‗rsatkichi o‗sib borishida muhim rol
o‗ynayapti.
Ichki suv havzalarini sanoat va maishiy oqova suvlari bilan ifloslanishi oxirgi paytda ortib
bormoqda.
Er osti ichimlik suvi
Ichimlik suvi ta‘minotining katta qismini er osti suvi beradi. Er osti chuchuk suvi
zaxiralari notekis joylashgani tufayli Qoraqalpog‗iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro
viloyatlari, Samarqand, Qashqadaryo, Jizzax va Surxondaryo viloyatlarining g‗arbiy
hududlarida ichimlik suvi taqchil. Davlatning maqsadi markazlashgan suv ta‘minoti tizimi
orqali butun aholiga sifati yaxshi
ichimlik suvi etkazib berish va shahar va posyolkalarda suvga bo‗lgan kommunal talabni
qondirishdan iborat.
Maydoni 330 km2, aholisi 2,3 million bo‗lgan va 99 foiz qamrab olingan Toshkentda
ichimlik suvi ta‘minoti uch asosiy manbadan iborat, ulardan ikkitasi er osti suvi zaxirasi va
bir er usti manba bo‗lib 3.500 km tarmoq orqali kuniga 2,3 million m3 suv etkazib beriladi.
Garchi xom suv tiniq keladigan davrlar
bo‗lsa-da, milliy va xalqaro standartlarga javob berish uchun suvni filtrlash va xlorlash orqali
tozalash zarur. Ichimlik suvini sanoatda ishlatishga yo‗l qo‗yilmaydi, kichik korxonalar uchun
ba‘zi istisnolar bor.
Yer osti suvi zaxiralari aholiga etkaziladigan ichimlik suvining 80 foizini ta‘minlab
beradi. Umuman, mavjud er osti chuchuk suv zaxiralari aholining ichimlik suviga bo‗lgan
talabini qondiradi.
Yer osti suvi ko‗rsatilgandek asosan uylarga suv berish va ichimlik suvi (173,5 m3/s),
sug‗orish va suv zaxirasini rivojlantirish (70,5 m3/s) va sanoat va texnik suv ta‘minoti uchun
(29,6m3/s), foydalaniladi.
Biroq, shuni aytish lozimki, oxirgi bir necha yil davomida er osti suvining sifati
yomonlashib bormoqda, oqibatda ichimlik suvi manbai sifatida foydalanib bo‗ladigan er osti
suvi zaxirasi kamayib bormoqda.
CHuchuk er osti suvi asosan Farg‗ona vodiysida (34,5 foiz) va Toshkent
(25,7 foiz), Samarqand (18 foiz), Surxondaryo (9 foiz) va Qashqadaryo (5,5 foiz)
viloyatlarida jamlangan, qolgani esa sho‗rtang yoki sho‗r bo‗lib ularni ishlatish imkoniyati
kam. Qolgan hududlardagi chuchuk suv jami 7 foizni tashkil qiladi.
Er osti suvi sifati
Mamlakatning g‗arbiy qismida (Zarafshonning quyi oqimi va Qashqadaryo, Sirdaryo,
Amudaryo va Markaziy Qizilqum basseyni)da er osti suvi yuqori darajada minerallashgan va
qattiqdir. Yirik daryolar (Amudaryo va sug‗orish kanallari) oqimi bo‗lab hosil bo‗lgan,
Xorazm viloyati va Qoraqalpog‗iston Respublikasida ichimlik suvi etkazib berish uchun
ishlatilayotgan er osti chuchuk suv linzalarining suvi oxirgi 10-15 yil mobaynida
minerallashuv va qattiqligi ortib borganligi
(sug‗orish ta‘siri) tufayli milliy standartlar talabiga javob bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: