Boylamlarni uzilishi. Ko„pincha boylamlar, mushaklar, qon tomir va nerv tolalari
tortilishi natijasida uzilishi mumkin. Bunday SHikastlanish ko„proq jismoniy tarbiya va
sport bilan shug„ullanuvchilarda uchraydi.
Boylamlarni uzilishi natijasida bo„g„imda qon yig„iladi, og„riq bo„ladi. Tizza
bo„g„imi SHikastlanganda oyoqni bukish yoki yoyish kuchli og„riq beradi, shu erda
shish paydo bo„ladi.
Mushaklar uzilishida ham qattiq og„riq seziladi va uzilgan joyda bo„shliq hosil
bo„ladi, shish kuzatiladi. Mushaklarning yorilishi to„satdan og„riq bo„lishi, teri ostiga
qon quyilishi, shish, SHikastlangan a‟zo faoliyatining buzilishi bilan tavsiflanadi.
BTYO tadbirlari immobilizatsiya qilish, og„riq qoldiruvchi dorilar berish, muzli
xaltacha qo„yishdan iborat SHishlarni kamaytirish maqsadida oyoq yoki qo„l ko„tarilgan
holatda bo„lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |