Alkogoldan zaharlanish.
Alkogol mast qiluvchi dozadan ham yuqori miqdorda qabul qilinsa zaharlanish
kelib chiqadi. Belgilari: yuz terisini qizarishi, tana haroratini pasayishi, qusish, sovuq ter
ajralishi, qorachiqlarni torayishi, nafasni susayishi, pulsni zaiflashishi va b. Tirishishlar,
qusuq massalarini aspiratsiyasi, laringospazm rivojlanishi, nafas va yurak faoliyati
to„xtashi mumkin.
96 % spirtni 300 ml miqdori o„limga olib keladi.
BTYO. Me‟dani zond bilan yuvish lozim. Venaga glyukozaning gipertonik
eritmasini insulin bilan qo„shib (500 ml 20 % glyukozaga 20 TB insulin), 500-1000 ml
4 % natriy gidrokarbonat eritmasidan yuborish mumkin. Komada forsirlangan diurez
usulidan foydalaniladi. SHuningdek, yurak-tomir vositalari, tonusni oshiruvchilar
(kardiamin, kamfora) tavsiya etiladi.
103
Do'stlaringiz bilan baham: |