Suyak sinishida BTYO.
Suyak sinishida jaroxatlangan odamning taqdiri vaqtida va to„g„ri kursatilgan BTYO
ga bog„liq.
Ochiq sinishda: 1. Vaqtinchalik qon oqishi tuxtatiladi.
2. og„riqni kamaytirish maqsadida jaroxatlangan suyakni va u bilan bog„liq
bug„inlarni xarakatsizlantiriladi ( immobilizatsiyalanadi) va bu bilan shokka tushishning
oldi olinadi. Agar tug„ri immobilizatsiya qilinmasa, qon tomir, nervning SHikastlanishi,
shok xolati kuzatiladi. Asosiysi tranport immobilizatsiyasi SHikastlangan odamni sog„,
asoratsiz va tezlikda satsionarga olib borishdan iborat. Buning uchun maxsus shinalardan
(qimirlatilmaydigan, qimirlatish va tortish uchun muljallanib), bular bo„lmaganda faner,
kardon, yog„och-taxtalardan shina sifatida foydalanish mumkin.
Transport immobilizatsiyasining qoidalari:
1. quyilayotgan shina pastki va yuqori ikki bo„g„imni qamrashi kerak. Ayrim hollarda
esa 3 ta bo„g„im (son va elka suyaklari sinishida) ham harakatsizlantiriladi.
2. SHikastlangan oyoq qo„lni iloji boricha fiziologik holatda, agar imqoniyat
bo„lmasa og„riq kam seziladigan holatga qo„yiladi.
3. ochiq sinishda chiqib turgan suyak bo„lagini qaytadan joyiga qo„yish mann etiladi.
Bunda serillangan bog„lam bilan bog„lanadi va shu holatda shina qo„yiladi.
4. YOpiq sinishda jaroxatlangan shaxsni utski kiyimlarini echish taqiqlanadi.
5. SHina tagiga yumshoq buyumlar (paxta, sochiq, ro„mol va b.) qo„yish tavsiya
etiladi.
6. Jaroxatlangan shaxsni ko„tarish va yotqizishda SHikastlangan oyoq yoki qo„lni
ushlab turish zarur.
7. Ushbu tavsiyalar e‟tiborga olinmasa jaroxatlangan shaxsni axvoli og„irlashadi,
yopiq sinish ochiq turiga o„tishi, qon va nerv tomirlari SHikastlanishi va b. asoratlar ro„y
berishi mumkin.
Singan suyakka qarab immobilizatsiyaning turli usullaridan foydalaniladi. Son
suyagi singanda Diterixs va norvonsimon simli shinalar, boldir suyagi singanda fanerli,
narvonsimon simli va boshqa qo„l kelgan shinalar ishlatiladi. Qo„l suyaklarini sinishida
narvonsimon simli shina yoki boshqalar (to„rsimon, fanerli) qo„llanadi. Qovurg„a suyaklari
singanda Elanskiy shinalari yoki paxtali dokadan yasalgan bog„lam ishlatiladi.
BTYO dan sung davolash immobilizatsiyasi satsionarda utkaziladi. Bunda gipsli
bog„lamdan foydalaniladi. Gips 100-130
0
S issiqlikda quritilgan kalsiy sulfatdir. 10-12
daqiqada qotadi, uta gigroskopik. SHikastlanishning boshlang„ich davrida langet ( gipsli
bog„lam yarim uraladi), to„qima shishlari qaytganda sirkulyar (keng, urtacha tor xolda)
gipsli bog„lam uraladi.
Gipslashning asosiy qoidalari:
1. gips qo„yishda paytda qul-oyoq xarakatsiz va qulay xolatda bulishi lozim,
2. gipslanayotgan a‟zo yordamchi tomonidan faqat kaft bilan ushlanadi, 3. gipsning
yaxshi qotishi va sinmasligini ta‟minlash uchun extiyot choralari ko„riladi,
4. gipsli bint o„ralayotganda har gal oldingi o„rashni 2/3 qismi qamrab olinadi,
5. har bir gipsli bint qavati utsidan qul bilan tekislanadi,
6. gipslangan oyoq yoki qul barmoqlarining uchlari ochiq qoldirilishi lozim,
7. gips qotgach oyoq yoki qul kutarilib quyilishi, agar og„riq sezilsa maxsus qaychi
bilan kesilib langet tarzida utsidan bog„lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |