Katta Chimyon togʻi etaklari va yon bagʻirlari noyob togʻ goʻshalaridan iborat (Unikkibuloq maskani, togʻ tabiat yodgorliklari, soy vodiylari va b.), iqlimiy va qimiz bilan davolash "Chimyon" kurorti (1500 m), 2 sanatoriy, bolalar oromgohlari, "Chimyon" sayyohlik majmuasi bor. Katta Chimyon togʻi etaklari va yon bagʻirlari noyob togʻ goʻshalaridan iborat (Unikkibuloq maskani, togʻ tabiat yodgorliklari, soy vodiylari va b.), iqlimiy va qimiz bilan davolash "Chimyon" kurorti (1500 m), 2 sanatoriy, bolalar oromgohlari, "Chimyon" sayyohlik majmuasi bor.
Chorvoq (Chorbogʻ) — Toshkent viloyatiBoʻstonliq tumanidagi shaharcha. Toshkent shahardan 70 km. Ugom tizmasining yon bagʻrida, Ugom daryosining Chirchiq daryosiga quyilish joyidagi oʻng sohilida, Toshkent — Xoʻjakent temir yoʻlda joylashgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Xoʻjakent (3 km). Oʻrtacha 892 m balandlikda. 1964-yil Chorvoq suv ombori va Chorvoq GES qurilishi munosabati bilan bunyod etilgan
Shaharcha nomi («Chorbogʻ») toʻrtta bogʻ maʼnosini bildiradi. Chorvoqda Chorvoq GES qurilish boshqarmasi, Oʻrta Chirchiq GESlar kaskadi, Boʻstonliq tumani avtomobil yoʻllari boshqarmasi, avtotransport i. ch. korxonasi kabi yirik korxona va tashkilotlar faoliyat koʻrsatadi. «Shams» firmasi («Xumson» mineral suvi qadoklanadi) bor. 3 umumiy taʼlim maktabi, madaniyat uyi, 2 bolalar, 1 shahar kutubxonasi, markaziy kasalxona mavjud. Chorvoq yon atrofida bolalar oromgoxlari, dam olish uylari, sanatoriylar ishlab turibdi. Suv ombori sohillarida «Chorbogʻ» oromgohi, Bekobod, Olmaliq va Navoiy konmetallurgiya ktlarining dam olish maskanlari barpo etilgan. Chorvoqga Toshkent — Chorvoq yoʻnalishida avtobuslar, Toshkent — Xoʻjakent elektr poyezdi qatnaydi. Shaharcha nomi («Chorbogʻ») toʻrtta bogʻ maʼnosini bildiradi. Chorvoqda Chorvoq GES qurilish boshqarmasi, Oʻrta Chirchiq GESlar kaskadi, Boʻstonliq tumani avtomobil yoʻllari boshqarmasi, avtotransport i. ch. korxonasi kabi yirik korxona va tashkilotlar faoliyat koʻrsatadi. «Shams» firmasi («Xumson» mineral suvi qadoklanadi) bor. 3 umumiy taʼlim maktabi, madaniyat uyi, 2 bolalar, 1 shahar kutubxonasi, markaziy kasalxona mavjud. Chorvoq yon atrofida bolalar oromgoxlari, dam olish uylari, sanatoriylar ishlab turibdi. Suv ombori sohillarida «Chorbogʻ» oromgohi, Bekobod, Olmaliq va Navoiy konmetallurgiya ktlarining dam olish maskanlari barpo etilgan. Chorvoqga Toshkent — Chorvoq yoʻnalishida avtobuslar, Toshkent — Xoʻjakent elektr poyezdi qatnaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |