2016 – yilda, YuNESKO ushbu bog‘ni tarkibiga muhtasham Chotqol tog‘lari ham kiradigan Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilganligini e‘lon qildi. Bog‘ landshafti, asosan G‘arbiy Tyan-Shan tog‘ tizmalaridan tashkil topadi. Muhtasham tog‘lar, ko‘plab daralar va jarlarni shakllantiradi ularning orasidan esa, Pskem, Chotqol, Ugam va Ko‘ksuv kabi tog‘ daryolari oqib o‘tadi. - 2016 – yilda, YuNESKO ushbu bog‘ni tarkibiga muhtasham Chotqol tog‘lari ham kiradigan Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilganligini e‘lon qildi. Bog‘ landshafti, asosan G‘arbiy Tyan-Shan tog‘ tizmalaridan tashkil topadi. Muhtasham tog‘lar, ko‘plab daralar va jarlarni shakllantiradi ularning orasidan esa, Pskem, Chotqol, Ugam va Ko‘ksuv kabi tog‘ daryolari oqib o‘tadi.
- Eng baland Adelunga cho‘qqisi – Pskem tog‘ tizmasiga tegishli bo‘lib uning shimoliy-sharqiy qismida, dengiz sathidan 4301 m. balandlikda joylashgan. Qarama-qarshi tomonda esa, dengiz sathidan 4299 m. balandlikda joylashgan yana bir cho‘qqi – Beshtor joylashgan. Ular birgalikda faqat eng tajribali alpinistlargina ko‘tarila oladigan ikkita buyuk tog‘ni hosil qilishadi.
Milliy bog‘ hududida, alohida muhofaza qilinadigan tabiiy ob’ekt sifatida qo‘riqlanadigan hudud mavjud. Ushbu park, o‘zining noyob tabiiy landshafti tufayli o‘simlik va hayvonot dunyosiga, chiroyli sharshara va ko‘llariga, toshloq yerlar va manzarali vodiylardan o‘tuvchi sayyohlik so‘qmoqlariga juda boy.
Bog‘da, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilib, o‘simlik va hayvonot dunyosining holati ustidan qat’iy nazorat olib boriladi. Har yili, Chotqol biosfera qo‘riqxonasining xodimlari, ilmiy ekspeditsiyalar va konferensiyalar o‘tkazishadi, shuningdek o‘rmon xo‘jaligi va tabiiy resurslarni saqlash borasida ham nazorat olib borishadi. Maxsus inspektorlar o‘simlik va hayvonlar, shu jumladan Qizil kitobga kiritilgan va yo‘qolib borayotgan turlarning sonini nazorat qilib borishadi
Har yili, parkga butun dunyodan ko‘plab dam oluvchi va sayyohlar tashrif buyurishadi. Chimyon, Bildirsoy, Xojikent va Parkent tog‘ etaklari, yilning istalgan davrida ham dam oluvchilar orasida juda mashhur. Bu joylarga tashrif buyurish uchun sizga maxsus ruxsatnoma shart emas. Yozda bu joylar o‘zining yam-yashil o‘simliklari, archa chakalakzorlari bilan, qishda esa sizni qishki ertak muhitiga sho‘ng‘ituvchi qorli tepaliklari bilan o‘ziga maftun etadi. Ko‘p sonli dam olish maskanlari, mehmonxonalar, sanatoriyalar, bolalar oromgohlari, shuningdek, turli xil dam olish maskanlari parkning eng chiroyli joylari, ya’ni Chorvoq suv omborining atrofi bo‘ylab, Kichik va Katta Chimyon tog‘ etaklarida, Bildirsoy tog‘ yonbag‘irlarida joylashgan. Bo‘stonliq tumanining, “Chimyon”, “Amirsoy”, “Bildirsoy” tog‘-chang‘i kurortlari, “Xumson”, “Tibet”, “Chortoq” sanatoriya va shifobaxsh kurortlari, shuningdek boshqa ko‘plab sayyohlik ob’ektlari barcha xohlovchilarni, ularning yoshidan qat’iy nazar Ugam-Chotqol milliy bog‘ining shifobaxsh tabiati kengliklarida sog‘liklarini tiklash va mustahkamlash uchun qabul qilishga tayyor. - Har yili, parkga butun dunyodan ko‘plab dam oluvchi va sayyohlar tashrif buyurishadi. Chimyon, Bildirsoy, Xojikent va Parkent tog‘ etaklari, yilning istalgan davrida ham dam oluvchilar orasida juda mashhur. Bu joylarga tashrif buyurish uchun sizga maxsus ruxsatnoma shart emas. Yozda bu joylar o‘zining yam-yashil o‘simliklari, archa chakalakzorlari bilan, qishda esa sizni qishki ertak muhitiga sho‘ng‘ituvchi qorli tepaliklari bilan o‘ziga maftun etadi. Ko‘p sonli dam olish maskanlari, mehmonxonalar, sanatoriyalar, bolalar oromgohlari, shuningdek, turli xil dam olish maskanlari parkning eng chiroyli joylari, ya’ni Chorvoq suv omborining atrofi bo‘ylab, Kichik va Katta Chimyon tog‘ etaklarida, Bildirsoy tog‘ yonbag‘irlarida joylashgan. Bo‘stonliq tumanining, “Chimyon”, “Amirsoy”, “Bildirsoy” tog‘-chang‘i kurortlari, “Xumson”, “Tibet”, “Chortoq” sanatoriya va shifobaxsh kurortlari, shuningdek boshqa ko‘plab sayyohlik ob’ektlari barcha xohlovchilarni, ularning yoshidan qat’iy nazar Ugam-Chotqol milliy bog‘ining shifobaxsh tabiati kengliklarida sog‘liklarini tiklash va mustahkamlash uchun qabul qilishga tayyor.
Do'stlaringiz bilan baham: |