Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet480/1044
Sana13.07.2021
Hajmi18,63 Mb.
#118064
1   ...   476   477   478   479   480   481   482   483   ...   1044
Bog'liq
83iqtisodiyotnazariyasixodiyevbyshodmonovshshpdf

Xulosalar

1. 


Ishlab  chiqarish  xarajatlari  -   iqtisodiyot  nazariyasining  eng 

muhim  ilmiy  kategoriyalaridan biridir.  Uning  vazifasi  korxonaning 

barqaror  rivojlanishini  ta’minlaydigan  mahsulot  ishlab  chiqarishga 

sarflanadigan xarajatlarning miqdori va tarkibini aniqlashdan iborat.

2. 

Xarajatlami  tadqiq  qilish  shuni  ko‘rsatadiki,  ishlab  chiqa­



rilgan  va  sotilgan  mahsulotdan  olingan  pul  tushumi  nafaqat  ishlab 

chiqarish xarajatlarini  qoplashi, balki  foyda olishni ham ta’minlashi 

kerak.  Foyda -  tadbirkorlik faoliyatining mazmunini anglatadigan, uni 

harakatga keltiruvchi omildir. Ammo bu maqsadga erishish ishlab chiqa­

rish xarajatlariga bevosita bogiiq. Shuning uchun ishlab chiqarish xara­

jatlarini tadqiq etish iqtisodiy tahlilning muhim bo‘g‘ini hisoblanadi.

3. 

Tadbirkor korxona xarajatlari va foydasiga turlicha yondasha- 



di. Muayyan xarajatlar doirasida foyda olishning eng yaxshi imkoni- 

yatlarini ta’minlashi kerak. Muayyan foyda doirasida esa xarajatlami 

shunday optimal darajaga keltirish kerakki, bunda ishlab chiqarishni 

moliyalashtirish ko‘p sarf talab etmasin.

4. 

Korxona umumiy xarajatlari ikkiga bo‘linadi: ishlab chiqarish 



xarajatlari va muomala xarajatlari. Ishlab chiqarish xarajatlari mahsu-

336


lotni yaratish uchun sarflanadigan xarajatlardir. Ushbu xarajatlar xom­

ashyo, yoqilg‘i, energiya, ishchi kuchi, amortizatsiya va boshqalarga 

sarflanadi.  Muomala xatajatlari tovarlami realizatsiya jarayoni bilan 

bog'liq bo‘lgati sarflardir. Ular sof muomala va qo‘shimcha muomala 

xarajatlariga bo‘iinadi. Sof muomala xarajatlari foyda hisobidan qop- 

lansa, qo‘shinlch£i muomala xarajatlari esa tovar narxiga kiritiladi.

5. 

Korxona ishiab chiqarish j arayoiiida foydalanadigan resurslar 



o‘z  resurslari  yoki jalb  qilitigan  resurslar  bo‘lishi  mumkin.  Shunga 

ko‘ra xarajatlar ichki yoki tashqi xafajatlarga bo‘linadi. Tashqi xara­

jatlar  korxoiia  ishlab  chiqarish jarayonida 

zarur

 bo‘lib,  tashqaridan 

jalb  qilingah resurs  va xizmatlarga to‘lovlami  amalga  oshirishi  uchun 

sarflanadigan  xarajatlardir.  Korxonaning  o'ziga  tegishli  bo‘lgan 

resurslardan foydalanishi bilan bog‘liq xarajatlar ichki xarajatlar deyila­

di. Bunday xarajatlar pul to‘lovlari shaklida chiqmaydi. Shu sababli ichki 

xarajatlar darajasini baholash o‘z resurslari  qiymatini  shunga o‘xshash 

resurslaming bozor narxlariga taqqoslash orqali amalga oshiriladi.

6. 

Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga ta’sir etish darajasiga 



qarab doimiy va o'zgaruvchi xarajatlar ham farqlanadi. Ishlab chiqari­

sh hajmining o‘zgarishiga (qisqarishi yoki  ortishi) ta’sir etmaydigan 

xarajatlar doimiy xarajatlar deyiladi. Doimiy xarajatlar ishlab chiqari­

sh  hajmiga  bog‘liq  bo‘lmaydi,  uning  o‘sishiga  ham  bevosita  ta’sir 

etmaydi va  ishlab chiqarishning har qanday,  hatto  nolinchi hajmida 

ham mavjud bo‘ladi. 0 ‘zgamvchi xarajatlar deb ishlab chiqariladigan 

tovar miqdorining oshishiga yoki kamayishiga bevosita ta’sir qiladi­

gan xarajatlarga aytiladi. Ishlab chiqarishning har bir darajasida doi­

miy  va  o‘zgaruvchan xarajatlar yig‘indisi  umumiy  yoki yalpi  xara- 

jatlami tashkil qiladi.

7. 

Korxona  ishlab  chiqarish  hajmini  o‘stirish  uchun  qisqa 



muddatli  davrda  faqat  o‘zining  o‘zgaruvchi  xarajatlari  miqdorini 

o‘zgartirishi  mumkin.  Boshqacha  aytganda,  qisqa  muddatli  davr 

oralig‘ida korxonaning ishlab chiqarish quwatlari o‘zgarishsiz qola- 

di, ishlab chiqarish hajmi jonli mehnat, xom ashyo va boshqa resurs­

lar miqdorini ko'paytirish orqali o‘zgarishi mumkin.  Bunda mavjud 

ishlab  chiqarish  quwatlaridan  foydalanish  intensivligini  oshirish 

mumkin.

337



8. 

Qisqa  muddatli  davr  -   bu  korxonaning  faqat  o‘zgaruvchi 

xarajatlari  miqdorini  o‘zgartirish  uchun  taqozo  etiladigan  davrdir. 

Uzoq muddatli  davr -  bu korxonaning ishlab  chiqarish quwatlarini 

va butun band boigan resurslari miqdorini o‘zgartirish uchun yetarli 

bo‘lgan davrdir.  Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki,  ishlab  chiqarish 

quwatlarining o‘zgarishini taqozo qiladigan davr davomiyligi ayrim 

tarmoq va korxona xususiyatidan kelib chiqib farqlanish mumkin.

9. 

Korxona  pul  daromadlaridan  sarflangan  barcha  xarajatlar 



chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi foyda yoki iqtisodiy foy­

da  deb  yuritiladi.  Tovar  va  xizmatlar  sotilganda  ulaming  umumiy 

qiymati  pul  daromadlariga,  undagi  qo‘shimcha  mahsulot  esa  foy- 

daga aylanadi.  Bundan ko‘rinib  turibdiki  foydaning haqiqiy manbai 

qo‘shimcha mahsulotdir.

10.  Korxonaning  umumiy  foydasidan  byudjetga  (asosan  soliq 

toiovlari), banklarga (olingan ssuda uchun foiz) toiovlar va boshqa 

majburiyatlar chiqarib tashlansa korxona sof foydasi qoladi. Buxgal­

teriya  foydasi  sotilgan  mahsulot  uchun  tushgan  umumiy  pul  sum- 

masidan  ishlab  chiqarishning  tashqi  xarajatlari  chiqarib  tashlanishi 

natijasida aniqlanadi.  Shu sababli buxgalteriya foydasi iqtisodiy foy- 

dadan  ichki  xarajatlar  miqdoriga  nisbatan  ko‘proqdir.  Bunda  ichki 

xarajatlar har doim o‘z ichiga normal foydani ham oladi.

11. 


Foydaning  o‘sishiga,  chiqarilayotgan  mahsulot  umumiy 

hajmi o‘zgarmagan holda ikki yo‘l bilan: yoki ishlab chiqarish xara­

jatlarini kamaytirish hisobiga, yoki narxning oshishi hisobiga erishish 

mumkin.



Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   476   477   478   479   480   481   482   483   ...   1044




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish