Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet744/1044
Sana13.07.2021
Hajmi18,63 Mb.
#118064
1   ...   740   741   742   743   744   745   746   747   ...   1044
Bog'liq
83iqtisodiyotnazariyasixodiyevbyshodmonovshshpdf

tushib ketishiga

 aytiladi.

8.  2008-yilda  dastlab  AQSH  ipoteka  bozorlarida  boshlangan ja ­

hon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi  yetarlicha  to‘lov  layoqatiga  ega 

bo‘lmagan,  qarzlami  qaytarish  qobiliyati  shubhali  bo‘lgan  qarzdor- 

larga  ipoteka  kreditlari  berish  amaliyotining jadallashuvi  natijasida 

namoyonbo‘ldi. Aslida jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining asosiy 

sabablari  bo‘lib  rivojlangan  mamlakatlarda  iqtisodiyotni  haddan  zi­

yod ortiqcha erkinlashtirish  siyosati,  ya’ni  «o‘z-o‘zini boshqaruvchi 

bozor»  g ‘oyasini  ilgari  surish  orqali  davlatning  milliy  iqtisodiyotga 

va  xususan  moliyaviy  bozorlarga  aralashuvining  cheklanganligi; 

moliyaviy resurslar bilan real ishlab  chiqarish hajmi  o‘rtasidagi mu- 

tanosiblikning  keskin  buzilishi;  noratsional  pul-kredit  siyosatining, 

hamda qayta moliyalash  stavkasini  surunkali ravishda past  darajada 

ushlab turilishi natijasida qarzga yashashning odatga va kundalik ho- 

latga  aylanishi;  moliyaviy  institutlaming  majburiyatlari  bilan  ustav 

mablag‘lari  o‘rtasidagi  mutanosiblikning  keskin  buzilishi;  qimmatli 

qog‘ozlar  bo‘yicha  reyting  tashkilotlari  tomonidan  soxta  xulosalar 

berilishi va boshqalar hisoblanadi.

9. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining respublikamiz iqtisodiyo­

tiga  ta’siri  boshqa rivojlangan va  ayrim  qo‘shni  davlatlardagiga  qa- 

raganda mazmunan farq  qiladi. Agar boshqa mamlakatlarda bu jara­

yonlar bevosita moliya tizimining  izdan chiqishi  va  ishlab  chiqarish

551



hajmlarining  keskin  qisqarib  ketishi,  ko‘plab  yirik  korxonalaming 

yopilishi orqali namoyon bo‘lsa,  0 ‘zbekistonda inqirozning iqtisodi- 

yotga ta’siri jahon xomashyo  bozorlarida  eksport  mahsulotlariga ta­

labning susayishi tufayli narxlaming keskin pasayishi hamda buning 

oqibatida  eksport  daromadlarining  sezilarli  kamayishi,  asosiy  savdo 

hamkorlar  xarid  qobiliyatining  pasayishi  natijasida  tashqi  savdo 

aylanmasining qisqarishi orqali namoyon bo‘ladi.

10. 


Jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozining  0 ‘zbekistonga 

ta’sirining  jiddiy  bo‘lmaganligi  quyidagi  yumshatuvchi  omillar- 

ning mavjudligi bilan  izohlanadi:  ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan 

bozor  iqtisodiyotiga  o ‘tishning  bosqichma-bosqich  amalga  oshirish 

yo‘lining  tanlanganligi;  davlat  bosh  islohotchi  sifatida  mas’uliyatni 

o‘z  zimmasiga  olishi  zarurligining  aniq  belgilab  olinganligi; 

0 ‘zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy,  byudjet,  bank-kredit tizimi,  shu­

ningdek,  iqtisodiyotning  real  sektori  korxonalari  va  tarmoqlarining 

barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun yetarli darajada 

mustahkam  zaxiralar  Yaratilganligi  va  zarur  resurslar  bazasining 

mavjudligi;  oqilona  tashqi  qarz  siyosati  olib  borilganligi;  aholining 

ish  haqi  va  daromadlarini  izchil  va  oldindan  oshirib  borish  hamda 

iste’mol  bozorida  narxlar  indeksining  asossiz  tarzda  o‘sishining  ol­

dini olishga doir chora-tadbirlaming izchillik bilan amalga oshirilgan- 

ligi;  davlatning moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining nechog‘liq 

barqaror  va  ishonchli  ekanligi,  ulaming  himoya  mexanizmlarining 

kuchliligi.


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   740   741   742   743   744   745   746   747   ...   1044




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish