Ishlab chiqarish - kishilik jamiyatining mavjud bo‘lishi va rivoj-
lanishi uchun zarur bo‘lgan hayotiy ne’matlami yaratish jarayoni.
Taqsimot - ishlab chiqarish omillari va uning natijalarini iqtisodi
yotning turli qism va subyektlari o‘rtasida taqsimlash jarayoni.
Ayirboshlash - jamiyat a’zolarining iqtisodiy faoliyat turlari yoki
ishlab chiqarish natijalari bo‘yicha o‘zaro almashish jarayoni.
Iste’mol - ehtiyojlami qondirish maqsadida mahsulot va xizmat-
laming ishlatilishi jarayoni.
Ehtiyoj - insonning yashashi va kamol topishi, umuman insoni-
yatning rivojlanishi uchun kerak bo‘lgan hayotiy vositalarga bo‘lgan
zarurat.
Do'stlaringiz bilan baham: |