Birinchi bosqich ishlab chiqarishning sanoatlashuvidan oldingi
davrda vujudga kelib, dastlab o‘sha davrdagi kishilar jamoalari yoki
qabilalari o‘rtasida paydo bo‘lgan savdo ayirboshlashuvi keyin-
chalik tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan turli mamlakat-
lar o ‘rtasidagi doimiy tovar almashuvi - xalqaro savdoning paydo
bo‘lishi va rivojlanishiga olib keldi.
Ikkinchi bosqich ishlab chiqarishning sanoatlashuv davriga
to‘g ‘ri kelib, yirik mashinalashgan ishlab chiqarishning vujudga
kelishi va tadbirkorlaming ko‘proq foyda olishga intilishi tashqi sav-
doni deyarli barcha milliy xo‘jaliklaming tarkibiy qismiga aylantirib
qo‘yishi natijasida XVIII-XIX asrlarda rivojlangan jahon bozori
paydo bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |