Davlat tomonidan iqtisodiyotga ta’sir ko‘rsatish maqsadida
soliqqa tortish va davlat sarfi tarkibini o‘zgartirish bo‘yicha
qo‘IIaniIuvchi chora-tadbirlar fiskal yoki soliq-byudjet siyosati
deb ataladi. Fiskal siyosat, bir tomondan, iqtisodiyotning tanazzul
davrida davlat sarflarini oshirish yoki soliqlami pasaytirish orqali
xo‘jalik hayotini rag'batlantirishni, boshqa tomondan esa, iqtisodiy
rivojlanishning yuqori darjasida davlat sarflarini qisqartirish yoki
soliqlami ko‘paytirish orqali yuz berishi mumkin bo‘lgan inflyatsiya
va ishsizlikning oldini olishni ko‘zda tutadi.
597
Do'stlaringiz bilan baham: |