Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov


 Iqtisodiy mutanosiblikning mazmuni va turlari



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet701/1044
Sana13.07.2021
Hajmi18,63 Mb.
#118064
1   ...   697   698   699   700   701   702   703   704   ...   1044
Bog'liq
83iqtisodiyotnazariyasixodiyevbyshodmonovshshpdf

18.2. Iqtisodiy mutanosiblikning mazmuni va turlari

Iqtisodiyotning inqirozlarsiz, katta siklik tebranishlarsiz bir maromda 

barqaror, samarali va muvozanatli rivojlanishini ta’minlash uning turli 

tomonlari,  sohalari va bo‘limlari o‘rtasida muayyan mutanosiblikning 

mavjud bo‘lishini  taqozo  etadi.  Iqtisodiy  mutanosiblik kategoriyasini 

bilish faqatgina ilmiy nazariy ahamiyatga ega bo‘libgina qolmay,  shu 

bilan bir qatorda jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatini  tashkil  etish va 

rivojlantirishda katta amaliy ahamiyat kasb etib, uni mensimaslik yoki 

e’tiborga olmaslik pirovardida jiddiy salbiy oqibatlami keltirib chiqari- 

shi, iqtisodiy resurslardan, yalpi ichki mahsulotdan foydalanishda katta 

isrofgarchilikka yo‘l  qo‘yilishi  mumkin.  Tovarlar hajmi bilan amalda 

harakat qilayotgan pul massasi (naqd va kredit pullar) o‘rtasidagi mu­

tanosiblikning buzilishi, tovarlar hajmi e’tiborga olinmasdan naqd pul 

va ko‘plab turli xil to‘lov vositalari,  qimmatli  qog‘ozlaming muoma­

laga chiqarilishi jahon moliyaviy va iqtisodiy inqirozini keltirib chiqa- 

rgani,  bundan  esa butun jahon iqtisodiyoti zarar ko‘rib kelayotganligi 

kabi ko‘pgina misollar fikrimiz dalilidir. Iqtisodiy mutanosiblik alohida 

iqtisodiy kategoriya bo‘lib, u o‘z tabiati, kelib chiqish sabablari, ichki 

rivojlanish  qonuniyatlari va namoyon bo‘lish  shakllariga egadir.  Mu­

tanosiblikning bu jihatlarini va samarali iqtisodiy taraqqiyotga ta’sirini 

bilish uchun eng aw alo uning iqtisodiy kategoriya sifatidagi mazmuni­

ni chuqurroq o‘rganish taqozo etiladi.



511


Bir qancha adabiyotlami o‘rganib, tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, 

G‘arb  mamlakatlari  mualliflari  tomonidan  400-500-yil  davomida 

yozilgan  va  bizga  yetib  kelgan  adabiyotlarda  asosan  muvozanat­

lik  muammosiga  e’tibor  berilib,  mutanosiblik  masalasi  tamomila 

e ’tibordan chetda qolgan.

Bir  qator  rossiyalik,  ukrainalik  olimlar tomonidan  iqtisodiy  mu- 

tanosiblikning  mazmunini  yoritishga  harakat  qilingan.  Lekin  ular­

ning asarlarida iqtisodiy mutanosiblik faqat sotsializmga xos  hodisa 

deb ko‘rsatilgan va o ‘sha sharoitga moslab uning mazmuni, shakllari, 

amal qilishi yoritilgan. Ikkinchidan esa, ushbu asarlarda mutanosiblik 

kategoriyasiga tor doirada yondashilib, uning asosiy mazmuni ishchi 

kuchini ishlab chiqarish tarkibi nisbatlariga mos ravishda taqsimlash- 

ni y o ig a  qo‘yishdan iborat deb qaralgan.

Bozor iqtisodiyotiga o ‘tish sharoitida MDH mamlakatlarida amal­

ga  oshirilgan  tadqiqotlar  va  yozilgan  adabiyotlaming  ko‘pchiligida 

g ‘arb  iqtisodchilariga  ko‘r-ko‘rona  taqlid  qilib,  muvozanatlikka 

m a’lum  darajada  e’tibor  berilmoqda,  uning  mazmuni,  amal  qilish 

mexanizmlari qisman bo isad a yoritilmoqda, lekin mutanosiblik kat- 

egoriyasi bozor iqtisodiyoti tizimiga xos munosabat emas deb qaralib, 

unga e ’tibor berilmasdan kelinmoqda.

2001-yil yanvar oyida 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka- 

masining Idoralararo Muvofiqlashtimvchi Kengashi majlisida mam­

lakatimiz birinchi Prezidenti I. A. Karimov tomonidan iqtisodiyotning 

turli  tomonlari  o‘rtasida  jiddiy  nomutanosiblik  borligi  ta’kidlanib, 

ulami  bartaraf  qilish  zarurligi  ko‘rsatilganidan  keyin  MDH  mam­

lakatlari  ichida  0 ‘zbekistonda  bu masalaga  e’tibor berila  boshlandi 

va ayrim tadqiqotlar amalga oshirilib, bu muammoning turli tomon­

lari yoritildi.

Ammo  bozor  iqtisodiyotining  tarkibiy  tuzilishi  juda  murakkab 

bo‘lib, u har xil yo‘nalishda, sohada, tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan 

bir necha minglab xo‘jaliklar va tashkilotlardan iboratdir. Bu xo‘jalik 

va tashkilotlaming faoliyati har xil boisada, bir xil yagona maqsad- 

ga,  ya’ni  mamlakatimiz  aholisiga  sifatli  tovar  va  xizmatlar  yetka­

zib  berib,  yuqori  foyda  olishga  qaratilgandir.  Cheklangan  iqtisodiy 

resurslardan foydalanib bu mushtarak maqsadga erishish y o iid a  ha-


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   697   698   699   700   701   702   703   704   ...   1044




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish