borish bilan bir qatorda mamlakatimizda xizmat ko‘rsatish sohasiga
kengroq etibor berishi natijasida YalM tarkibida moddiy ishlab chiqa
rishning ulushi nisbatan pasayib, nomoddiy ishlab chiqarish ulushi
esa o‘sib bormoqda.
Ishlab chiqarilgan moddiy tovarlar va xizmatlar tarkibining
o‘zgarishiga qaramay YalM hajmi yildan-yilga o ‘sib bormoqda.
YalMning izchil о‘sib borishi yangi-yangi ishlab chiqarish korxonala-
rining ishga tushirilishi yoki eskilarining kengaytirilishi evaziga sodir
bo‘lmoqda. Masalan, 2015-yilda Toshkent issiqlik elektr stansiyasida
370 megavatt quvvatga ega bo‘lgan bug‘-gaz qurilmasi barpo etildi,
Chorvoq GESi gidrogeneratorlari modemizatsiya qilindi, Qo‘ng‘irot
soda zavodida kalsiylashtirilgan soda ishlab chiqarish kengaytirildi,
«Samarqandkimyo» aksiyadorlik jamiyatida 240 ming tonna quv
vatga ega bo‘lgan murakkab tarkibli yangi o‘g‘itlar ishlab chiqarish
korxonasi ishga tushirildi. Shuningdek, «Motor zavodi» aksiyadorlik
jamiyatining faoliyat ko‘rsatmayotgan ishlab chiqarish maydonlari-
da traktor tirkamalari, jumladan, katta hajmli tirkamalar, maishiy
texnika uchun tarkibiy qismlar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqa
rish tashkil etildi.
Shu bilan birga mamlakatimizda xizmat ko‘rsatish sohasi sezilar-
li ravishda rivojlanib bormoqda, Respublika YalMdagi xizmat
ko‘rsatishning ulushi 2000-yilda 36,8 foizni tashkil qilib, 2014-yilda
esa bu ko‘rsatkich 54,0 foizni, 2015-yilda esa 54,5 foizni tashkil qildi.
Bu esa mamlakatimizda keyingi yillarda aholining turmush sharoitini
yaxshilash uchun olib borayotgan kompleks tadbirlar qatorida xizmat
ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirishga qaratil-
gan Davlat dasturlarining amalga oshirilishi natijasi hisoblanadi.
Moddiy ishlab chiqarish sohasi o‘z navbatida ikki bo‘linmadan
iborat bo‘lib, birinchi bo‘linmada ishlab chiqarish vositalari (sta-
nok, mashina, asbob-uskuna, transport vositalari, xomashyo va turli
materiallar) yaratilsa, ikkinchi bo‘linmada esa iste’mol buyumlari
ishlab chiqariladi.
Birinchi bo‘linmada ishlab chiqarishdan chiqqan tovarlar shu yil-
ning o ‘zida ikkinchi bo‘linmada va xizmat ko‘rsatish sohalarida ishlab
chiqarish vositasi sifatida ishlatilishi mumkin, ikkinchi bo‘linmada
50
yaratilgan tovarlar va nomoddiy soha xizmatlari o ‘z navbatida bi-
rinchi bo‘linma uchun zarurdir. Shuning uchun ular o‘rtasida doimo
tovar ayirboshlash va boshqa iqtisodiy aloqalar sodir bo‘lib turadi.
Sarflanayotgan mehnat ikki xil tavsifga ega bo‘lganligi uchun har
qanday mahsulot, shu jumladan, bozor sharoitidagi yoki unga o‘tish
davridagi mehnat mahsuli ham ikki xil xususiyatga ega: iste’mol qiy-
matiga, ya’ni ma’lum bir naflilikka va qiymatga ega bo‘lib, jonli va
buyumlashgan mehnat sarfining ma’lum miqdorini o ‘zida mujas-
samlashtiradi. Bu tovaming o‘zaro bog‘liq va hamisha bir-birini
taqozo qiladigan ikki tomonidir (bu haqda keyingi bobda batafsilroq
to‘xtalamiz). Shuning uchun ham ishlab chiqarish jarayoniga hamisha
uning pirovard maqsadi bilan birgalikda qaraladi. Ishlab chiqarishning
maqsadi cheklangan resurslardan unumli foydalanib, kishilar
ehtiyojini qondirish ekan, uning samarasi tovar va xizmatlaming
natural va qiymat jihatdan o ‘sishida, ko‘payishida ko‘rinadi. Shu
nuqtai nazardan olganda ishlab chiqarish jarayoni hamisha naflilik-
ni, ya’ni iste’mol qiymatini yaratish, ko‘paytirish va qiymatlaming
o‘sish jarayoni hisoblanadi, uning asosiy maqsadi esa, iste’mol qiy
matini, ya’ni nafli tovami yaratishdan iborat bo‘ladi.
Ishlab chiqarishning cheklangan resurslardan foydalangan holda
kishilar ehtiyojini qondirishga qaratilishi va shunga zarur bo‘lgan
sifat va miqdorda iste’mol qiymati yaratishni bosh maqsad qilib
qo‘yishi uning ijtimoiy yo‘nalishini ifoda etadi. Lekin bu umumiy
ijtimoiy yo‘nalish aniq kishilaming, tadbirkorlaming manfaati bilan
bog‘langandagina amalga oshadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yoki
unga o ‘tish davrida har bir mulk egasi yoki tadbirkor m a’lum miqdor
da foyda olishni, sarflangan vositalariga, pul mablag‘lariga nisbatan
ko‘proq qiymatga ega bo‘lishni maqsad qilib qo‘yadi. Shuning uchun
ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish jarayoni bir tomondan, nafli-
likni yaratish jarayoni bo‘Isa, ikkinchi tomondan, qiymatning o ‘sish
jarayoni bo‘lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: