II. Oraliq kesma. va nuqtalar orasidagi mazkur kesma milliy
ishlab chiqarish real hajmining ko‘payishi narx darajasining o‘sishi
bilan birga borishini ko‘rsatadi. Bu ishlab chiqarishning to‘liq quwat
bilan ishlay boshlaganidan, korxonalaming ancha eski va kam sama
rali uskunalardan foydalana boshlaganligidan guvohlik beradi. Ishlab
chiqarish hajmining kengayib borishi bilan qo‘shimcha ishchi kuchi
ham ishga jalb qilinadi. Shu barcha sabablarga ko‘ra mahsulot birli
giga qilinadigan xarajatlar ortadi, korxonalar ishlab chiqarishining
rentabelli bo‘lishi uchun tovarlarga ancha yuqori narx belgilaydi. Shu
sababli oraliq kesmada milliy mahsulot real hajmining ko‘payishi
narxlaming o‘sishi bilan birga boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |