Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov


-chizma. Iste’molchining optimal tanlovi



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet295/1044
Sana13.07.2021
Hajmi18,63 Mb.
#118064
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   1044
Bog'liq
83iqtisodiyotnazariyasixodiyevbyshodmonovshshpdf

7.8-chizma. Iste’molchining optimal tanlovi

D  nuqtada  iste’molchi  ehtiyojlarining  qondirilishi  maksimum- 

lashadi,  chunki  bu  nuqta  ehtiyojlaming  maksimal  qondirilishini 

ta ’minlovchi  tovar  va  xizmatlar  to‘plami  eng  ko‘p  qoniqish  beruv- 

chi befarqlik egri chizig‘ining byudjet chizig‘i bilan kesishgan joyida 

yotadi.


Xulosalar

1. 


Iqtisodiyotni  boshqarishning  bozor  mexanizmi  -   iqtisodiy 

tizimning  samarali va moslashuvchan  dastagidir.  Bozor mexanizmi- 

ning o‘ziga xos xususiyati shundaki, uning har bir elementi narx bilan 

chambarchas  bog‘liqdir.  Ayniqsa,  narxning  talab  va  taklif hajmiga 

ta ’siri  hamda ulaming  o ‘zaro  aloqadorligi bozor  iqtisodiyoti  sharoi­

tida  ishlab  chiqaruvchilar  va  iste’molchilaming  faoliyatini  belgilab 

beradi.

216



2.  Talab -  ehtiyojning pul bilan ta’minlangan qismidir.  Talab qo- 

nuniga  muvofiq  narxning  о‘sib  borishi  talabning  qisqarishiga  olib 

keladi, talabning kengayishi esa narxning o ‘sishiga olib keladi. Shun- 

ing uchun narx (mustaqil o ‘zgaruvchi) bilan talab (tobe o‘zgaruvchi) 

o ‘rtasida teskari bog‘liqlik mavjud.

3.  Talab  ikki  xil  yo‘nalishda  o‘zgaradi:  biri  talab  hajmining 

o‘zgarishi bo‘lib,  talab egri chizig‘i bo‘ylab harakatlansa,  ikkinchisi 

talab  xususiyatning  o ‘zgarishi  bo‘lib,  talab  egri  chizig‘ining  o‘zini 

o ‘ngga-yuqoriga yoki chapga-pastga qarab siljitadi.

4.  Taklif  ishlab  chiqaruvchilaming  bozorga  sotishga  chiqargan 

tovarlari  miqdori bo‘lib,  tovarlar miqdori  ishlab  chiqarish bilan bel­

gilanadi,  ammo  aynan  unga  b o g iiq   emas,  chunki  zahira,  eksport 

va  import  omillari  ham  taklif  qilinadigan  tovarlar  miqdoriga  ta’sir 

ko‘rsatadi. Taklif bilan narx o ‘rtasida to‘g ‘ri bog‘liqlik mavjud, narx- 

laming o'sishi taklifning o ‘sishiga olib keladi va aksincha.

5.  Talab  va  taklifning  o‘zaro  ta’siri  natijasida bozor  muvozanati 

vujudga keladi.  Bozor muvozanati -   talab  hajmining  taklif hajmiga 

mos  kelishidir.  Bunday  mos  kelishlik  bozorda  muvozanatli  narxni 

yoki bozor narxini shakllantiradi.

6.  Bozordagi bir zumlik,  qisqa davrli va uzoq davrli  muvozanat- 

lik  holatni  farqlash zarur.  Bir zumlik muvozanat uchun  taqdim  qili­

nadigan tovarlaming o‘zgarmas yoki  doimiy miqdori xos.  Bu ishlab 

chiqarishning bozor vaziyatiga tez, birdaniga moslasha olmasligi bi­

lan bog‘liq. Qisqa davrli muvozanat vaqtinchalik amal qiluvchi omil­

lardan  foydalanish  asosida  ishlab  chiqarish  va  taklifhi  ko‘paytirish 

imkoniyatini  taqozo  qiladi.  Uzoq  davrli  muvozanatga  erishish  uzoq 

muddatli davrdagi omillardan foydalanishni taqozo qiladi.  Bular ish­

lab chiqarishni qayta qurollantirish, yangilash va qo‘shimcha quw at- 

lami vujudga keltirish bilan b o g iiq  investitsiyalami amalga oshirish, 

shuningdek, yangi korxonalami qurishdan iborat.

7.  X o‘jalik  amaliyoti  uchun  bozor  subyektlarining  narx 

o‘zgarishiga b o igan munosabatini ifodalovchi talab va taklif egiluv­

chanligi  tushunchasi muhim ahamiyat kasb etadi.  Talab  egiluvchan­

ligi ko‘rsatkichi asosida ishlab chiqamvchilar yalpi tushum miqdorini 

oson  aniqlab  olishlari  mumkin.  Agar  talab  egiluvchan  b o isa,  narx

217



bilan yalpi tushum qarama-qarshi tomon harakatlanadi,  talab noegi- 

luvchan bo‘lsa harakat bir tomonlama bo‘ladi.

8. 

Iste’molchining  bozordagi  xatti-harakati  so‘nggi  qo‘shilgan 



naflilik nazariyasi  hamda  iste’molchi tanlovi  nazariyasi  orqali  izoh- 

lanadi.  So‘nggi  qo‘shilgan  naflilik  pasayib  borish  tendensiyasiga 

ega  bo ‘lib,  bu  iqtisodiy  tamoyil  sifatida  ifoda  etiladi.  Mazkur 

tamoyilning  mohiyati  shundan  iboratki,  agar  alohida  olingan  yakka 

iste’molchining  holatidan  kelib  chiqilsa,  n e ’matlami  iste’mol 

qilish  hajmining  ko‘payib  borishi  bilan,  m a’lum  vaqtdan  boshlab, 

muayyan ne’matning navbatdagi birligini  iste’mol  qilishdan olingan 

qo‘shimcha naflilik oldingisiga nisbatan kamayib boradi. Iste’molchi 

tomonidan  o‘zi  uchun  turli  tovarlaming  naflilik  darajasining  baho- 

lanishi iste’molchining afzal ko‘rishi deyiladi.




Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   1044




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish